Namangandagi köp qavatli uyda 25 yoşli işçi elektr toki urişi oqibatida vafot etdi

Namangandagi köp qavatli uyda 25 yoşli işçi elektr toki urişi oqibatida vafot etdi

Namangan viloyati Yangiqörğon tumanidagi köp qavatli uyda olib borilayotgan taʼmirlaş işlari çoğida yollanma işçi elektr toki urişi oqibatida halok böldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, 2020 yil 25 sentyabr kuni Yangiqörğon tumanidagi «Vodiy» MFY Ipakçi köçasida taʼmirlaş işlari olib borilayotgan köp qavatli uyda baxtsiz hodisa yuz bergan. Texnika xavfsizligi yoki mehnatni muhofaza qiliş qoidalariga rioya etilişi yetarli darajada taşkil etilmaganligi oqibatida obʼektda yollanma işçi sifatida işlayotgan Uyçi tumanida yaşovçi 1995 yilda tuğilgan fuqaroni elektr toki urgan, fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Aniqlanişiça, marhumda elektr travma, organizmning umumiy aspeksiyasi, öng qöl çap kafti uçi yuzasida elektr tamğa körinişidagi jarohatlar kuzatilgan va ular fuqaroning ölimiga olib kelgan.

Uşbu holat böyiça Yangiqörğon tuman IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan tergovga qadar suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

×