Qoraqalpoğistonda «hokim yordamçisi» lavozimi joriy etiladi – Şavkat Mirziyoyev

Qoraqalpoğistonda «hokim yordamçisi» lavozimi joriy etiladi – Şavkat Mirziyoyev

Özbekistonning amaldagi prezidenti, ÖzLiDePdan prezidentlikka nomzodi tasdiqlangan Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğistonda saylovçilar bilan uçraşdi.

5 yil davomida Qoraqalpoğistonni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirişga jami 17 trillion söm yönaltirilgan.
Byudjetdan 4 trillion söm, xalqaro moliya taşkilotlaridan 444 million dollar hamda 10 trillion söm bank kreditlari ajratilgan.

Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğistonning eng katta masalalaridan biri bu – yangi iş örinlari yaratiş, aholi daromadlarini oşiriş va şu orqali kambağallikni qisqartiriş hisoblanadi, dedi.

“Temir daftar”ga kirgan 32,5 ming oilaning mehnatga layoqatli bölgan 45 ming nafar işsiz aʼzosi bandligi taʼminlandi. Şu bilan birga, yil boşidan “ijtimoiy reyestr” joriy qilinib, 100 mingdan ziyod oilaga (jami oilalarning 24 foizi) ijtimoiy nafaqa va yordam beriş yölga qöyildi. Bu oldingi yillarga nisbatan 2,5 baravarga köp.

Sababi, oldin bunday oilalarni hisobga oliş, ijtimoiy yordam beriş mezonlari aniq va şaffof emas edi. Oqibatda, yordam kölami yiliga 40 ming oiladan oşmagan.

Bu işlar bilan çeklanib qolmasdan, uşbu oilalardagi 80 mingdan ziyod aholini  kasb-hunar va tadbirkorlikka örgatib, moliyaviy kömaklaşib, ularni doimiy daromad manbaiga ega qilişimiz kerak. Kelgusi beş yilda 200 ming yoşlar mehnat bozoriga kirib kelişini ham, hisobga olişimiz zarur.

Qoraqalpoğiston saylovçilari bilan uçraşuvda ÖzLiDeP nomzodi Şavkat Mirziyoyev oğir masalalar sifatida aholini va qişloq xöjaligini suv bilan taʼminlaş, aholi salomatligini tiklaş (355 ming aholi yuqori xavfga kiruvçi surunkali kasallikka çalingan), aholiga uy-joy quriş (20 mingdan ortiq oilaga uy-joy şaroitini yaxşilaşga ehtiyoji bor) hamda taʼlim tizimidagi muammolarni tilga oldi va ularni hal etiş böyiça 5 yillik Dastur rejalari bilan  taniştirmoqda.

Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğistonning 422 ta mahallasida “hokim yordamçisi” lavozimi joriy etilişini maʼlum qildi.

Ular mahallada tadbirkorlarning loyihalariga yordam beradi, kasb-hunarga öqitiş, tomorqa, böş yer va binolardan unumli foydalanişni taşkil etadi. Bu orqali yangi iş örinlari yaratiş,  jon boşiga daromadni oşiriş va kambağallikni qisqartirişga masʼul böladi.

Hokim yordamçilari qölida özining byudjeti böladi, mahallaga biriktirilgan soliq, bank, yöl va boşqa idoralar xodimlari bilan birga işlaydi.

×