«Qoraqalpoğistonda elni sevgan, bilimli, fidoyi yoşlar köp» – Mirziyoyev

«Qoraqalpoğistonda elni sevgan, bilimli, fidoyi yoşlar köp» – Mirziyoyev

Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining navbatdan taşqari sessiyasida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Oxirgi tört yilda önlab yirik töqimaçilik, farmatsevtika, elektrotexnika va boşqa zamonaviy sanoat korxonalari qurilişi hisobiga Qoraqalpoğistonda işlab çiqariş hajmi 2 barobar ösgan. Yangi suv tarmoqlari qurilişi natijasida aholini markazlaşgan içimlik suvi bilan taʼminlaş darajasi 40 foizdan 67 foizga yetdi. 241 ta maktab, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport obʼektlari yangidan qurildi, kapital taʼmirlandi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev Murat Kamalovni Jöqorği Kenges Raisligiga saylangani bilan tabriklab, öta masʼuliyatli vazifada muvaffaqiyat tiladi.

“Yangi rahbar faoliyatining eng muhim yönalişi “xalqning dardini eşitiş va masalalarini hal etiş” bölişi kerak. Buning uçun tinimsiz izlaniş, mehnat qiliş, xalq bilan maslahatlaşib işlaş zarur. Qoraqalpoğistonda elni sevgan, bilimli, fidoyi yoşlar köp. Ularni birlaştirib, natija qiliş, el-yurtga manfaat olib keliş kerak”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Qoraqalpoğistonda barça sohalarni jadal rivojlantiriş böyiça kelgusi 3 yilga möljallangan çora-tadbirlar işlab çiqilgani maʼlum qilindi. Unga köra, har bir tumanda 2 tadan faoliyat turi öziga xos “ösiş nuqta”si etib belgilangan.

Prezident barça 16 ta tumanni yanada ravnaq toptiriş maqsadida mazkur «ösiş nuqtalari» böyiça tadbirkorlik subʼektlari 3 yil muddatga yer soliği, mol-mulk soliği, kiçik korxonalarning aylanmasidan olinadigan soliq, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qatʼiy miqdordagi daromad soliğidan ozod etilişini taʼkidladi.

Bundan taşqari, taraqqiyot darajasi past bölgan Taxtaköpir, Bözatov va Şumanay tumanlarida yangi taşkil etiladigan sanoat korxonalariga ham 3 yil muddatga soliq va  bojxona imtiyozlari beriladi. Har bir tuman va şaharni jadal rivojlantirişga kuçli turtki beriş, muammolarni tezkor hal etiş uçun ularga vazirlar va banklar biriktirildi.

Yiğilişda kelgusi 3 yilga möljallangan önta ustuvor yönaliş belgilandi.

Birinçisi – tumanlar va mahallalarni jadal rivojlantiriş, ikkinçisi – aholi bandligini taʼminlaş va kambağallikni qisqartiriş bölsa, uçinçisi doirasida investitsiya loyihalari amalga oşiriladi. Orol muammosining salbiy taʼsirini yumşatiş saʼy-harakatlari törtinçi ustuvor yönaliş sifatida belgilandi.

Beşinçisi etib xizmat körsatiş sohasi salohiyatini töliq işga soliş, oltinçisi ölaroq qişloq xöjaligini rivojlantiriş vazifasi qöyildi. Yettinçidan, aholini uy-joy bilan taʼminlaş borasida işlar taşkil qilinsa, sakkizinçidan ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirişga eʼtibor qaratiladi.

Töqqizinçi ustuvor yönaliş etib yoşlar va ayollarni qöllab-quvvatlaş körsatib ötilgan bölsa, öninçisi doirasida jinoyatçilikning oldini oliş masalalari yuzasidan körsatmalar berildi.

Prezident mamlakatimiz yigit-qizlarini mazkur hudud hayoti bilan taniştiriş maqsadida kelgusi yili Qoraqalpoğistonda Yoşlar festivali taşkil etiş taklifini bildirdi.

Manba: Effect.uz

×