Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim muassasalarida yöl harakati qoidalari tarğibotini kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun eʼlon qilindi.
Qarorda Içki işlar vazirligining Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatining amaldagi ştat birliklari doirasida Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi va hududiy boşqarmalarida 1 nafardan oliy pedagogik maʼlumotga ega, taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda xizmat olib boruvçi alohida katta inspektor lavozimini joriy etiş belgilangan.
Taʼlim muassasalarida xizmat qiluvçi katta inspektor:
• taʼlim muassasalarida yoşlar örtasida tarğibot-taşviqot işlarini olib boradi, viktorina va musobaqalarni taşkil etadi, tadbirlarning ommaviy axborot vositalarida yoritilişini taʼminlaydi, maktablarda yöl harakati qoidalarini örgatiş böyiça yaratilgan şaroitlarni örganadi, monitoring qiladi va baholaydi, aniqlangan kamçiliklar yuzasidan yuqori turuvçi taşkilotlarga taqdimnomalar, axborotnomalar kiritadi;
• taʼlim muassasalarida mazkur qaror doirasida amalga oşirilayotgan işlarni nazorat qiladi;
• har haftada Içki işlar vazirligi Yöl harakati havfsizligi boş boşqarmasiga amalga oşirilgan işlar yuzasidan hisobot beradi.
Qarorga köra, Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
• Içki işlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda har bir umum taʼlim maktab 9–11 sinf öquvçilari orasidan yöl harakati qoidalarini tarğib qiluvçi 1 nafar “Yöl harakati qoidalari yoş tarğibotçisi”ni tanlab oliş çoralarini köradi;
• Içki işlar vazirligi, Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi, Yoşlar işlari agentligi bilan birgalikda uç oy muddatda taʼlim muassasalarida köngilli yoşlar iştirokida yöl harakati qoidalarini faol tarğib qiluvçi “Yöl harakati qoidalari yoş tarğibotçisi” klubini taşkil etsin hamda klubning Nizomi ilovaga muvofiq tasdiqlaydi;
• namunaviy loyihalar asosida taʼlim muassasalarida “Harakat xavfsizligi sinfxonalari” hamda “Yöl harakati qoidalari hududlari”ni taşkil etiş çorasini körsin hamda yöl harakati xavfsizligiga oid körgazmali vositalar bilan bosqiçma-bosqiç jihozlaydi;
• Içki işlar vazirligi bilan birgalikda 2022 yil 1 martga qadar öquvçilarda yöl harakati qoidalari böyiça könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan hamda ularning yöl harakati qoidalari böyiça savodxonligini aniqlaş mexanizmini yaratadi;
• taʼlim muassasalarida öquvçilar örtasida yöl harakati qoidalari tarğiboti uçun masʼullarni belgilaydi;
• Içki işlar vazirligi bilan birgalikda öqituvçilarning yöl harakati qoidalari borasidagi nazariy bilim va amaliy könikmalarini şakllantiriş maqsadida içki işlar organlari xodimlari iştirokida öquv-seminarlar taşkil etadi;
• taʼlim muassasalarida mavjud fan va öquv dasturlari doirasida öquvçi-talabalarga yöl harakati qoidalari böyiça bilimlarni berib boriş işlarini rivojlantiradi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi:
• Içki işlar vazirligi va mahalliy ijro etuvçi organlar bilan birgalikda 2021–2023 yillarda bosqiçma-bosqiç barça maktabgaça taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablari oldiga hamda yondoş yöllariga tezlik meʼyorini keskin kamaytirgan holda, 30 km/soatda harakatlanişni bildiruvçi yöl belgilari va sunʼiy noteksliklar örnatib, töliq jihozlaydi;
• şahar va tumanlarning aholi gavjum joylarida piyodalar yölakçalariga piyodalar boşqaradigan svetoforlar örnatadi;
• öquvçilarni bepul taşiş xizmatini yölga quygan tadbirkorlik subʼektlariga litsenziya tölovlari va boşqa yiğimlar böyiça imtiyoz beriş masalasini körib çiqadi.
Qaror loyihasi 2022 yil 4 yanvargaça muhokama qilinadi.









