Qaşqadaryo viloyati Qarşi şahridagi maktabda öqituvçilar darsdan keyin majburiy mehnatga jalb etilgani haqida xabar tarqaldi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Xabarga köra, öqituvçilar dars soatini kamaytirişdan qörqib, darsdan keyin işlagan. Ular direktorning baqirişini eşitişga ham majburligi aytilgan. Maʼlum qilinişiça, xabar yuzasidan viloyat Bandlik boş boşqarmasi Davlat mehnat inspektsiyasi tomonidan örganiş ötkazilgan.
Aniqlanişiça, Qarşi şahridagi 31-umumiy örta taʼlim maktabi direktori tomonidan maktab öqituvçilari obodonlaştiriş işlariga jalb etilgan. Holat yuzasidan maktab direktoriga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 51-moddasiga (Mehnatga maʼmuriy tarzda majburlaş) asosan bazaviy hisoblaş miqdorining 80 barobari miqdorida maʼmuriy jarima qöllangan.









