XTV “Onlayn-maktab” loyihasida dars berayotgan öqituvçilarni kamsitmaslikni sörayapti

XTV “Onlayn-maktab” loyihasida dars berayotgan öqituvçilarni kamsitmaslikni sörayapti

Joriy yilning 16 sentyabr kuni “Onlayn-maktab” loyihasi doirasida efirga uzatilgan ingliz tili fanidan darslarda xatolik yuz bergani va bu ijtimoiy tarmoqlarda köplab bahs-munozarlarni keltirib çiqarişi ortidan Xalq taʼlimi vazirligi çet tili öqituvçilarining tarkibini  qayta körib çiqdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Maʼlumki, joriy yilning 14 sentyabridan boşlab maktab öquvçilari uçun televizion darslar efirga uzatila boşlandi.

“Onlayn-maktab” loyihasi doirasida har kuni 100 dan ortiq (30-35 soat) darslar tasvirga olinmoqda. Mazkur darslarda imkon qadar xatolik ötmasligiga harakat qilinmoqda.

Biroq, 16 sentyabr kuni efirga uzatilgan çet tili fani videodarsida ayrim xatoliklarga yöl qöyildi. Eng avvalo, mazkur holat uçun barçadan uzr söramoqçimiz”, deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilişiça, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan darslarda yöl qöyilgan xato va kamçiliklarni bartaraf etiş maqsadida çet tili öqituvçilarining tarkibi qayta körib çiqilgan. Natijada dars muharririri almaştirilgan hamda darslarda tajribali öqituvçilar jamoasini yanada kengaytiriş maqsadida mahoratli pedagoglar uçun tanlov eʼlon qilingan.

Vazirlik keng jamoatçilik va ijtimoiy tarmoq faollaridan “Onlayn-maktab” loyihasida iştirok etayotgan öqituvçilarni kamsitmaslikni söramoqda. 

“Har birimiz xatolikka yöl qöyişimiz mumkin, iş bor joyda xatoliklar ham uçrab turadi. Lekin, bu xatoliklarni oldini oliş va kelgusida yöl qöymaslik çoralari körilmoqda.

Umid qilamizki, bu vaziyat barçani öz vazifalarini bajarişda eʼtiborliroq bölişga va işga professional yondaşişga undaydi.

Vazirlik, hozirgi şaroitda öz soğliğini xavf ostiga qöyib ham anʼanaviy ham masofaviy şaklda faoliyat olib borayotgan hamda videodarslarni tasvirga oliş jarayonlariga jalb qilingan öqituvçilarga minnatdorlik bildiradi”, deyiladi xabarda. 

×