Isroil Ğazoda 1,5 atom bombasi kuçiga teng bomba işlatgan – Falastin

Isroil Ğazoda 1,5 atom bombasi kuçiga teng bomba işlatgan – Falastin

Joriy yilning 7 oktyabridan beri Isroil Ğazo sektorida 18 ming tonnadan ortiq portlovçi moddadan foydalangan, bu taxminan 1,5 atom bombasi kuçiga teng. Bu haqda Falastin hukumatining Ğazodagi media bölimi rahbari Salame Maʼruf maʼlum qildi.

Uning aytişiça, bosqinçi kuçlar Ğazoda 85 ta hukumat binosini vayron qilgan.

“Isroil Ğazo sektoridagi 47 ta masjidni vayron qildi va 3 ta çerkovga katta zarar yetkazdi. Hujumlar oqibatida 200 mingdan ortiq bino vayron bölgan, ularning 32,5 mingtasi yaşaş uçun yaroqsiz holga kelgan, 203 ta maktab jiddiy zarar körgan, 45 ta maktab butunlay işdan çiqqan”, deydi Maʼruf.

Unga köra, Isroil armiyasi 908 oilani yaʼni minglab odamlarning ölimiga sabab bölgan.

“Hujumlar oqibatida 35 nafar jurnalist, 124 nafar tibbiyot xodimi va favqulodda qutqaruv guruhlaridan 18 nafar fuqaro muhofazasi xodimi halok böldi”, deya taʼkidlaydi u.

Eslatib ötamiz, keça, 30 oktyabr kuni Save the Children taşkiloti Ğazoda öldirilgan 7703 kişining 40 foizdan ortiğini, Falastin hududi va Isroilda halok bölganlarning uçdan biridan köproğini bolalar taşkil etişini maʼlum qilgandi. Ğazoda yana 1000 nafar bola vayronalar ostida ğoyib bölgani uçun halok bölganlar soni ança yuqori bölişi mumkin.


Teglar:
×