Özbekiston Global innovatsion indeks reytingida 7 poğona kötarildi

Özbekiston Global innovatsion indeks reytingida 7 poğona kötarildi

Keça, 20 sentyabr kuni AQŞning Kornel universiteti, Frantsiyaning Insead biznes maktabi va Butunjahon intellektual mulk taşkiloti Global innovatsion indeks reytingini eʼlon qildi.

Özbekiston Global innovatsion indeks reytingida 132 davlat orasida 86-örinni egalladi. Bundan avval mamlakatimiz reytingda 2020 yil 93-örin va 2015 yilda 122 örinlarni egallagan edi.

Global innovatsion indeksi 20 sentyabr sanasida eʼlon qilgan naşrining nomi “COVID-19 inqirozi orqali innovatsiyalarni kuzatiş” bölib, hisobot COVID-19 inqirozning global innovatsiya körsatkiçlariga taʼsirini baholaydi.

Global innovatsion indeks reytingida Şveytsariya — 1-örin, Şvetsiya — 2-örin, AQŞ — 3-örin, Xitoy — 12-örin Rossiya — 45-örin, Qozoğiston — 79-örin, Qirğiziston — 98-örin, Tojikiston — 103-örinni egalladi.

×