Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti 2021 yil uçun Global oçlik indeksi reytingini eʼlon qildi. 116 ta mamlakat joy olgan mazkur reytingda Özbekiston oçlik darajasi past davlat deb topildi.
FAO 2021 yil oçlik indeksi yuqori deya Somali, Suriya va Janubiy Sudanni topdi. Belarus, Bosniya, Gertsegovina hamda Braziliya eng yaxşi körsatkiçga ega bölgan mamlakatlar orasida yuqori poğonada turibdi.
Reytingda Markaziy Osiyo davlatlaridan Özbekistonga 21-örin, Qozoğistonga 28-örin, Qirğizistonga 40-örin, Turkmanistonga esa 48-örin nasib qildi.

Maʼlumot uçun, Global oçlik indeksi törtta körsatkiç böyiça aniqlanadi:
• töyib ovqatlanmaydigan aholi uluşi;
• beş yoşgaça bölgan vazni meʼyordan past bolalar uluşi;
• beş yoşgaça bölgan böyi meʼyordan past bolalar uluşi;
• beş yoşgaça bölgan bolalarning ölim darajasi.









