Irlandiyaning Ookla kompaniyasi 2019 yil iyul oyi yakunlari böyiça Speedtest.net xizmati tomonidan tuzilgan, dunyodagi mobil va simli internet tezligi maʼlumotlari körsatilgan Speedtest Global Index oylik reytingini eʼlon qildi.
Reyting maʼlumotlariga köra, Özbekiston yana 4 pozitsiya yuqori kötarilib, belgilangan internet tezligi böyiça nisbatan işonçli ösişni qayd etdi.
Masalan, mamlakatimizda simli internetning örtaça tezligi 2018 yilning iyul oyidagi sekundiga 8,58 megabitdan 2019 yilning iyul oyida sekundiga 18,92 megabitga ösdi. Mamlakatimiz 177 mamlakat umumiy reytingida 112-örinni egalladi.
Mobil internet tezligi böyiça esa Özbekiston 4 pozitsiya pastga, 136-öringa tuşib, yana öz pozitsiyalarini boy berdi. Bir yil mobaynida mobil internet tezligi mamlakatimizda deyarli ösmadi, reytingning boşqa iştirokçi davlatlarida u ösişdan töxtagani yöq.
Speedtest.net xizmati öz ulanişlari tezligini tekşiriş uçun xizmatdan foydalanadigan foydalanuvçilardan olingan öz maʼlumotlari asosida tezlikni aniqlaydi va reytingni şakllantiradi.
Özbekiston internet tezligi böyiça reytingda tört pozitsiya yuqori kötarildi









