Özbekiston FIFA reytingida yuqoriladi

Özbekiston FIFA reytingida yuqoriladi

Futbol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida avvalgi örnidan ikki poğona yuqorilab, 55-örindan joy oldi. Bu haqda taşkilot tomonidan eʼlon qilingan milliy jamoalarning yangilangan reytingida keltirilgan. 

Reytingga köra, Özbekiston MTJ Osiyo jamoalari orasida 6-örinni band etgan. Yaponiya MTJ umumiy reytingda 2 poğona pastlab, 17-örinni egallaganiga qaramay, qitʼa miqyosida 1-örinda qolmoqda. Uning ortidan Eron joy egallagan (20). Keyingi örinlarda ketma-ket Janubiy Koreya (23) va Avstraliya (24) bormoqda. Osiyo miqyosida Qatar milliy terma jamoasi özbekistonliklardan oldinda bormoqda – 53-örin.

Maʼlumot uçun, Özbekiston MTJ sönggi ikki uçraşuvini Qatar va BAA jamoalariga qarşi ötkazdi. Jahon çempionati-2026 masalasini hal qilgan BAA bilan durang qayd etilgan bölsa, saralaşning sönggi öyinida Qatar Toşkentda 3:0 hisobida tor-mor etilgandi.

Teglar:
×