Alişer Usmonov dunyo boylari reytingida kötarildi

Alişer Usmonov dunyo boylari reytingida kötarildi

Alişer Usmonov "Forbes" tomonidan eʼlon qilingan dunyoning eng boy odamlari reytingida kötarildi. Bu haqda naşr hisobotida maʼlum qilindi. 

Qayd etilişiça, Usmonovning boyligi 2022 yilga nisbatan 2,9 milliard dollarga oşib, 14,4 milliardga yetgan. Bu natija bilan u dunyo boylari reytingida 122-örinni egallab turibdi. 

"Uning eng yirik xoldingi temir rudasi va pölat giganti "Metalloinvest"dir. Şuningdek, u Xiaomi, toğ-kon sanoati va media kompaniyalarida uluşlarga ega. U özining dastlabki boyligini Sovet Ittifoqida juda tanqis tovar bölgan poliyetilen paketlar işlab çiqarişdan topgan edi. Usmonov 2000 yildan 2014 yilgaça "Gazprom" davlat konglomeratining şöba korxonasi "Gazprom Investxolding"ni boşqargan. Sobiq qiliçboz bölgan Usmonov 2022 yilgaça Xalqaro qiliçbozlik federatsiyasi prezidenti bölgan", deyiladi xabarda. 

Şuningdek, xabarda aytilişiça, dunyo milliarderlarining boyligi 2022 yilning mart oyiga nisbatan 500 milliard dollarga pasayib, 12,2 trillionni taşkil qilgan. Bungaça uşbu röyxatni boşqarib kelgan Ilon Mask Twitter'ni sotib olganidan söng Tesla aktsiyalari narxining pasayişi sabab 39 milliard dollar yöqotgan. Mask hozirda 180 milliard dollar bilan dunyoning ikkinçi eng boy odami bölib turibdi. 

Dunyoning eng boy odami maqomiga esa LVMH egasi, frantsiyalik Bernar Arno sazovor bölgan. Arnoning boyligi 2022 yildagi 158 milliarddan keskin köpayib, 211 milliard dollarga yetgan. Maʼlumot uçun, u 75 ta moda va kosmetika brendlarining LVMH imperiyasini, jumladan Louis Vuitton va Sephora'ni boşqaradi.

Kuçli önlikdan mos ravişda Jeff Bezos (AQŞ), Larri Ellison (AQŞ), Uorren Baffet (AQŞ), Bill Geyts (AQŞ), Maykl Blumberg (AQŞ), Karlos Slim (Meksika), Mukeş Ambani (Hindiston) va Stiv Balmer (AQŞ) kabi milliarderlar örin olgan. 

Umuman olganda, dunyo böyiça milliarderlar soniga köra AQŞ hamon yetakçilik qilmoqda. Mamlakatda 735 nafar milliarder 4,5 trillion dollar boylikka egalik qilmoqda. 562 nafar xitoylik milliarderning esa 2 trillion dollar mablaği bor. Hindiston 169 nafar milliarder bilan röyxatning uçinçi poğonasini band qilib turibdi. Ularning jami boyligi 675 milliard dollarga baholangan.


×