Masalan, iş vaqtidan taşqari, tungi işlarda ayollar mehnatidan foydalaniş taqiqlanadi.
Qonunçilikda homilador yoki 14 yoşga tölmagan bolasi bor ayollarni tungi işlarga, iş vaqtidan taşqari işlarga, dam oliş kunlaridagi işlarga jalb qilişga va xizmat safariga yuborişga yöl qöyilmaydi. Buning uçun ularning roziligi olinişi lozim. Mazkur tartib 16 yoşga tölmagan imkoniyati çeklangan(nogiron) bolasi bor ayollar uçun ham amal qiladi.
Mehnat şaroiti noqulay işlarda, şuningdek yer osti işlarida ayollar mehnatini qöllaniş taqiqlanadi. Yer ostidagi baʼzi işlar, masalan, jismoniy bölmagan işlar yoki sanitariya va maişiy xizmat körsatiş işlari bundan mustasnodir.
Mehnat Kodeksi. 225-modda.
Iş jarayonida ayollarning ular uçun mumkin bölgan normadan ortiq yukni kötarişlari va taşişlari man etiladi.
Şuningdek, homilador ayollarni va uç yoşga tölmagan bolasi bor ayollarni tungi işlarga jalb qilişga maxsus tibbiy hujjat bölgandagina yöl qöyiladi. Yaʼni, mazkur turdagi işlar ona va bolaning soğliği uçun xavf tuğdirmasligini tasdiqlovçi tibbiy xulosa bölişi lozim.
Bundan taşqi, Mehnat Kodeksining 78-moddasida iş beruvçi tomon murojaatçi ayollarni homiladorligi yoki bolasi borligini vaj qilgan holda işga olmasligi ğayriqonuniy ravişda rad etiş deb baholanadi. Yaʼni, qonunga muvofiq mehnat şartnomasi tuzişi şart bölgan bu turdagi ayollarning işga kiriş böyiça murojaati asosli tarzda rad etilişi lozim. Homiladorligi yoki yoş bolaligi işga qabul qilinmasligiga bahona bölolmaydi.
Şu bilan birga, uç yoşga tölmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan taʼminlanadigan muassasalar va taşkilotlarda işlayotgan ayollar iş vaqtini qisqartiriş talabini taşkilot rahbariga bildirişi mumkin. Bu jarayonda iş vaqti haftasiga 32 soatdan kam bölmasligi lozim.
Eslatma. Iş vaqti qisqartirilgan bölsa ham yoş bolali va davlat byudjeti orqali moliyalaştiriladigan muassasa va taşkilotlarda işlovçi ayollar boşqa xodimlar kabi bir xil oylik oliş huquqiga ega.









