Qonunçilik palatasining kelişuv komissiyasi mazkur tasvirlarni tarqatiş huquqi çeklanmasligi haqida yakdil xulosaga keldi.
Fuqarolarning IIO xodimlarini foto va videoga tuşiriş va tasvirlarni tarqatiş huquqi saqlab qolindi. Bu haqda Senatning 3-yalpi majlisida Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Kutbidin Burxanov maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, MJtKga kiritilayotgan 195-2- modda Senat va Qonunçilik palatasining kelişuv komissiyasi tomonidan qayta körib çiqilgan. Unga köra, fuqarolarning IIO xodimlarini foto va videoga tuşiriş va tasvirlarni tarqatiş huquqi çeklanmasligi haqida yakdil xulosaga kelingan.
"Yaʼni fuqarolar IIO xodimlarining haddi-harakatlarini bemalol tasvirga tuşirişi va uni ijtimoiy tarmoqqa tarqatişi ham mumkin. Boşqaça aytganda IIO xodimlari ustidan jamoatçilik nazorati töliq saqlanib qolmoqda. Qonun faqat tasvirlarni IIO xodimlarini obrösizlantiriş maqsadida buzib tarqatmaslikni talab qilmoqda", - deydi Kutbidin Burxanov.
Yangi taklif etilayotgan normaga köra, videoni buzib, özining foydasi uçun montaj qilib tarqatganlik uçun BHMning 20 baravaridan 50 baravarigaça jarima yoki 10 sutkagaça maʼmuriy qamoq jazosi belgilanmoqda. Mazkur huquqbuzarlik takroran sodir etilsa jinoiy javobgarlik belgilanişi nazarda tutilmoqda.
Eslatib ötamiz, 2024 yilning avgust oyida IIO xodimlarini videoga olib, videoni xodimlarni obrösizlantiriş maqsadida tarqatganlik uçun jazoni nazarda tutuvçi qonun loyihasi senat tomonidan rad etilgandi. Qonun qayta körib çiqilişi kerakligi bildirilib, Qonunçilik palatasining kelişuv komissiyasi tuzilgandi.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.









