Ayni daqiqalarda Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida «Temir daftar» tuşunçasi haqida maʼlumot berilmoqda. «Uzreport» maʼlumot berişiça, «Temir daftar»ga ehtiyojmand oilalarning 7 toifasi kiritiladi. Jumladan:
- kam taʼminlangan;
- nogironligi bölgan;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj;
- yakka-yolğiz keksalar;
- doimiy işsiz fuqarolar;
- karantin tufayli işsiz qolgan fuqarolar;
- oğir epidemiologik hududlardan qaytarib kelingan fuqarolarning oilalari.
Yuqoridagilarni kambağallikdan çiqariş çoralari köriladi.
Masʼul xodimlar kunlik amalga oşirgan işlari yuzasidan «Temir daftar»idagi maʼlumotlarni saxovat.argos.uz saytiga raqamli imzo kaliti orqali elektron şaklda kiritib borişadi.
«Temir daftar»ga tuşgan oilaning heç bölmaganda bitta aʼzosini joriy yilda iş bilan taʼminlab, şu orqali ularni muhtojlikdan çiqariş çoralari köriladi.









