Vazirlar Mahkamasining 17 sentyabrdagi qarori bilan ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvçisi yöq yolğiz ayollarning oliy taʼlim olişlarini moddiy jihatdan qöllab-quvvatlaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram'dagi «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Nizomga köra, Qoraqalpoğiston Vazirlar kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari 2021/2022 öquv yilidan boşlab har yili öz hududlaridan öqişga kirgan 25 nafardan hamda 2–4-kurslarda öqiyotgan 75 nafar (har bir kursdan 25 nafardan), jami 100 nafar xotin-qizlar uçun tölov-kontrakt summasini tört öquv yilining yakunlanişiga qadar tölab beradi. Moliyaviy barqaror davlat oliygohi tomonidan ularning kengaşi qaroriga muvofiq 50 nafargaça xotin-qiz birinçi öquv yilida bepul öqitiladi.
Qayd etilişiça, bunda talabgorlarning keyingi öquv yillari uçun taʼlim kreditlari rasmiylaştiriladi. Hokimliklar öz hududlaridagi talabgorlar uçun uçinçi şaxs kafilligini beradi hamda öqişni tamomlagandan söng ularni iş joyi bilan taʼminlaydi. Talabgorlarni tanlab oliş quyidagi mezonlar asosida amalga oşiriladi:
- otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan muhtoj qizlar;
- boquvçisi yöq ehtiyojmand yolğiz ayollar.
Taʼkidlanişiça, bunda yuqoridagi mezonlarga mos keluvçi xotin-qizlar test natijalari eʼlon qilingan kundan boşlab ijtimoiy holati töğrisidagi maʼlumotnomani har yili 10 kun içida oliygoh qabul komissiyasiga taqdim etadi. Davlat OTM 5 kun mobaynida röyxatni şakllantirib, hokimliklarga yozma ravişda maʼlumotlarni yuboradi.
Şunga köra, ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvçisi yöq yolğiz ayollar oliy taʼlim olişlarini moddiy jihatdan qöllab-quvvatlaş komissiyasi 15 kunda (har öquv yilida 15 sentyabrdan keç bölmagan muddatda) talabgorlar röyxatini hamda şartnomani imzolaş böyiça xulosalarni davlat OTMga yozma ravişda kiritadi va belgilangan tartibda şartnomalarni rasmiylaştiradi.
Maʼlum qilinişiça, bu tartib tölov-kontrakt asosida davlat OTM bakalavriatiga (kunduzni, sirtqi, keçki taʼlim şaklidan qatʼi nazar) talabalikka tavsiya etilgan hamda 2–4- kurslarda tahsil olayotgan talabgorlarga qöllaniladi. Quyidagilarga nisbatan esa tatbiq etilmaydi:
- ikkinçi va undan keyingi oliy taʼlim oliş uçun tanlovda iştirok etgan talabgorlarga;
- Özbekistonda joylaşgan xorijiy OTM yoki ularning filiallari, nodavlat taʼlim xizmatlari bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik subʼektlariga;
- oliy harbiy taʼlim muassasalariga.
Şuningdek, talabgorlar joriy öquv yili davomida OTMni yoki taʼlim yönalişini özgartirsa, yoxud talabalar safidan çetlaştirilsa, bu imtiyozdan foydalana olmaydi. Talabgorlarni tanlab oliş natijalari «Aziz-ayol.uz» Yagona interaktiv milliy platformasi orqali eʼlon qilinadi.









