Uy-joyi buzilgan yakkaboğliklarga 1 mlrd 700 mln kompensatsiya pullari tölab beriladi

Uy-joyi buzilgan yakkaboğliklarga 1 mlrd 700 mln kompensatsiya pullari tölab beriladi

 28 iyul kuni Qaşqadaryo viloyati hokimi Zafar Röziyev yana bir bor Yakkaboğ tumanida bölib, «Eski Yakkaboğ» qörğonçasida tadbirkorlar bilan uçraşdi. 

Tuman hokimligi vakillarining xöjalarça harakatlaridan aziyat çekkan Nizom Vohidov, Dilfuza Boqiyeva, Farrux Jabborov hamda Zafar Jörayevning xonadonida bölgan hokim mavjud muammolarni joyida bartaraf etiş ustida iş olib bordi. Uy-joyi buzilgan 7 nafar, hamda hovli devorlari buzilgan 27 nafar fuqaroga jami 1 mlrd 700 mln söm miqdoridagi kompensatsiya pullari tölanişi rejalaştirilgan. 

Kun.uz naşri xabar berişiça, 28 iyul kuni tongda «Eski Yakkaboğ»da katta haşar taşkil etildi. Zarur texnikalar jalb etilib, haşarçilar va mahalliy aholi vakillari uçun oş tortildi. Hudud aholisi ijobiy özgarişlarga öz hissasini qöşiş uçun doimo tayyor ekanligini bildirdi.

Maʼlumot uçun, «Eski Yakkaboğ»da 15 mingdan ziyod kişi istiqomat qiladi. Bu yerda 3ta - «Eski Yakkaboğ», «Mustaqillik» va «Ibn Sino» mahalla fuqarolar yiğinlari mavjud. Hududda 1ta bolalar oromgohi, 3ta maktab, 1ta ixtisoslaştirilgan maktab internat, 2-sonli tuman markaziy şifoxonasi, tuman veterinariya bölimi, 1ta maktabgaça taʼlim muassasasi, «Eski Yakkaboğ» OXJ bozori, oilaviy poliklinika va boşqa taşkilotlar mavjud. 170dan ziyod savdo, maişiy xizmat körsatiş şoxobçasi va kommunikatsiya tizimlarida 220 nafardan ziyod tadbirkor faoliyat yuritmoqda.

Eslatib ötamiz, 20 iyul kuni Yakkaboğ tumani hokimi örinbosari Mansur Tuymayev tadbirkor Bahriddin Isomovga tegişli binoni ekskavator ruliga ötirib, özi buzmoqçi bölganida, tadbirkor uning ustiga benzin sepib, öt qöyib yuborgan edi.

Bu hodisa sönggi kunlarda internetda muhokamalar markazida böldi. Saytimizda ham mazkur holat böyiça suriştiruv va tahliliy maqolalar eʼlon qilindi.

27 iyul kuni Qaşqadaryo viloyati hokimi Zafar Röziyev bölayotgan voqealar bilan yaqindan tanişiş va mavjud muammolarni hal etiş maqsadida Yakkaboğ tumaniga kelib, «Eski Yakkaboğ» qörğonçasiga taşrif buyurgan va bir guruh tadbirkorlar bilan uçraşgan, ularning muammo va murojaatlarini tinglagan, yakunda tadbirkorning dökoni buzilmaydigan, moddiy zarar qoplanadigan bölgandi.

Şu kuni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov raisligida ötkazilgan yiğilişda tuman hokimi Şohmurod Donayev va tuman prokurori Jamşid Xalilov işdan olindi, hokim örinbosari Mansur Tuymayevga nisbatan jinoyat işi qözğatilgani maʼlum qilindi.

27 iyul kuni DXX raisi Abdusalom Azizov ham «Eski Yakkaboğ» hududida bölib, holat yuzasidan viloyat masʼullari bilan muloqot qilgan.

×