Emlangan talabalarga kontrakt tölaşda çegirma beriladi

Emlangan talabalarga kontrakt tölaşda çegirma beriladi

Özbekistonda koronavirusga qarşi emlaş guruhlariga talabalar ham kiritildi, emlangan talabalarga tölov-kontraktda çegirmalar berliadi. Bu haqda Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Özbekistondagi mavjud epidemiologik holatni inobatga olgan holda masʼul taşkilotlarning takliflariga binoan, bugungi kunga qadar Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan umumiy emlaş işlariga jalb etilgan aholi guruhlari qatori kengaytirildi.

Unga köra:

  • 18 yoşdan katta bölgan Samarkand va Toşkent viloyati aholisini, şuningdek, imkoniyatdan kelib çiqib, boşqa hududlardagi 18 yoşdan katta aholi qatlamini özlari biriktirilgan birlamçi tibbiy-sanitariya muassasalarida ixtiyoriy ravişda emlaş belgilandi;
  • Özbekistonda faoliyat körsatayotgan barça davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan 18 yoşdan katta bölgan, bugungi kunda bakalavriatura, magistratura, klinik ordinatura bosqiçlarida tahsil olayotgan talabalarni Davlat byudjeti mablağlari hisobidan koronavirus infektsiyasiga qarşi ixtiyoriy ravişda ommaviy emlaş belgilandi.

Yana bir yangilik: koronavirus infektsiyasiga qarşi ixtiyoriy ravişda emlangan tölov kontrakt asosida öqiydigan talabalarga taşkiliy-huquqiy şaklidan qatʼi nazar, 2021/2022 öquv yili uçun bazaviy tölov kontarktiga 10 foiz miqdorida bir martalik çegirma bonusi beriladi.

×