Bölaklarga bölinib yoqib yuborilgan ayolning qotillari qölga olindi

Bölaklarga bölinib yoqib yuborilgan ayolning qotillari qölga olindi

Xabaringiz bor, Sirdaryo viloyatida dala çetidan ayol kişinining öldirilib, yoqib yuborilgan jasadi topilgandi.

Uşbu jinoyat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB JKB tomonidan voqea tafsilotlariga oydinlik kiritildi.

Maʼlum bölişiça, uşbu jinoyatni foş etiş maqsadida olib borilgan tezkor suriştiruv tadbirlari natijasida, şaxsi nomaʼlum murda – 1992 (29 yoş) yil 20 iyun kuni Sirdaryo tumanida tuğilgan, millati tojik, muqaddam sudlanmagan, Özbekiston Respublikasi fuqarosi, turmuşga çiqmagan, 1 nafar farzandi bor, vaqtinça işsiz, Guliston şahri “Mehribonlik uyi”da röyxatda turuvçi fuqaro S.S. ekanligi aniqlangan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida marhuma S.S.ning yaqin dugonasi N.Ş. va uning singlisi N.Ş. hamda ularning tanişi M.Ş. (erkak) 2021 yil 7 sentyabr kuni 20:00larda Guliston şahridagi ijara uyida spirtli içimlik isteʼmol qilib ötirişgan vaqtida S.S. ularning uyiga keladi va birgalikda spirtli içimlik içadi.

Örtada yuzaga kelgan janjal oqibatida N.Ş. dugonasining kökrak, böyin hamda orqa kurak qismiga, jami tört marotaba tan jarohati yetkazgan va natijasida S.S. voqea joyida vafot etadi.

Uşbu jinoyatni yaşiriş uçun M.Ş. dökondan olib kelgan arra yordamida marhumning tanasi bölaklarga bölib, qora salafanga soladi va 8 sentyabr kuni soat 15:00larda M.Ş. özining tanişi, R.M.ni çaqirtirib, uning boşqaruvida bölgan “Cobalt” maşinasiga murdani yuklab, 9 sentyabr kuni soat taxminan tungi birlarda Mirzaobod tumani Dexqonobod MFY xududidagi dala maydoniga olib borişib, murdani ustiga razbavitel sepişib, yoqib yuborişadi.

Hozirda daliliy aşyolar olinib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida N.Ş. va uning singlisi N.Ş. hamda M.Ş. va R.M. qölga olinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan 2021 yil 10 sentyabr kuni Mirzaobod tumani prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2- qismi «j» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

×