Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida dala maydonidan yoqib yuborilgan ayol jasadi topilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Maʼlum qilinişiça, joriy yil 10 sentyabr kuni soat 13:50 larda Mirzaobod tumani, Dehqonobod mahallasi hududidagi dala maydoni çetidagi jinğil butalari orasidan ayol jinsiga mansub, yoqib yuborilgan holdagi jasad topilgan.
Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor suriştiruv işlari davomida, nomaʼlum murdaning şaxsiga aniqlik kiritilgan. Şuningdek, uşbu jinoyatni sodir qilgan şaxslar S.K, hamda uning jinoiy şeriklari L.K, S.M, V.D va J.Mlar ekanligi aniqlanib, ular ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.
Qayd etilişiça, hozirda mazkur hodisa yuzasidan Mirzaobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «j» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sirdaryoda ona-bolani öldirib, yoqib yuborgan şaxsga jinoiy iş qözğatildi
Sirdaryoda «murdasi topilgan» şaxsning özi boşqa birovni öldirib, yoqib yuborgani maʼlum böldi









