22 yoşli yigit özidan 7 yoşga katta bölgan ayolini xiyonatda ayblab, uni va 5 yoşli farzandini öldirdi.
Jizzax viloyati IIB xabar berişiça, joriy yilning 2 noyabr kuni Ğallaorol tumani IIBga tumanning Zargar qişloğidan ötgan Toşkent – Termiz avtomobil yölining yoqasidagi qirlikda ayol va bolaning jasadi borligi haqida xabar kelib tuşadi. Tergov-tezkor guruhi voqea joyiga yöl oladi. Tezkor guruh voqea joyida mudhiş manzaraga guvoh bölişadi. Ayol va 5 yoşli bolaning yuza qismi yoqib yuborilgan edi.
Tez orada kriminalistlar ayolning şaxsini aniqlaşadi. Şundan söng, jinoyatning izi oçiladi va qotillikda gumondor öz uyida qölga olinadi. Yigit qilmişini tan olib, qotillik qanday röy berganini sözlab beradi.

Buxoro viloyatida 2000 yilda tuğilgan yigit 1993 yilda tuğilgan ayol bilan bundan 5 yil avval tanişib, uçraşib yuradi. Yigitning ham, ayolning ham yaqinlari bu munosabatga qarşilik qilişgaç, ular yaşirinça nikoh qurib yaşab kelişgan. 2017 yilda farzandi tuğilgan. Turmuş taşvişlari boşiga tuşgan yigit afsus çeka boşlaydi va özini xato qilgan deb hisoblaydi.
Kuzning boşida ayol yana homilador bölib qoladi. Bu vaqtda yigit Toşkentga işlagani ketgan edi. Ayol yigitning otasiga qönğiroq qilib, öğli bilan munosabatlari haqida bor gapni aytadi, SMSlar ham yozib yuboradi. Ayolning maqsadi bu oilada öz örniga ega böliş edi.
Şundan söng, yigit ayolni Toşkentga çaqiradi. Ular u yerda biroz yaşagaç, Buxoroga qaytayotgan vaqtida Jizzax viloyati Ğallaorol tumani Zargar qişloğidagi qirliklar oldida yölovçi taşiş maşinasidan tuşib qolişadi.
Tepalikka çiqib biroz dam olişadi. Yigit ayolning qölida pulni körgaç, uni xiyonatda ayblab, tarsaki tuşiradi. Ayol esa toş bilan erining boşiga uradi. Ğazabi qözğagan erkak barini şu yerda tugatişga qaror qiladi va ayolni böğib öldiradi. Uxlab yotgan farzandi şovqindan turib kelib, voqea guvohi böladi. Uni otasi olib ketmoqçi bölganida bola onasi bilan qolişni istab yiğlaydi. Söng yigit bolani ham sumka tasmasi bilan böğib öldiradi.
Erkak marhumlarning jasadlarini ularning kiyim va buyumlariga qöşib, yoqib özi esa heç narsa bölmaganidek Buxoroga ketib yuboradi.
Endi uni uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etiş jazosi kutmoqda.









