Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumani hokimi Şohmurod Donayev, prokurori Jamşid Xalilov va tadbirkor bilan yuz bergan mojaro qahramoni – hokim örinbosari Mansur Tuymayev lavozimidan ozod qilingani haqida xabarlar tarqaldi.
QALAMPIR.UZ`ning aniqlaşiça, hozirda Yakkaboğda yiğiliş ötkaziladi. Ana şu yiğilişda tuman hokimi, uning örinbosari va prokuror egallab turgan lavozimidan olingani rasman eʼlon qilinadi.
Bundan taşqari, tadbirkorning dökoniga buldozer haydagan hokim örinbosari Mansur Tuymayevga nisbatan jinoyat işi oçilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilyapti.
Eslatib ötamiz, Yakkaboğ tumani hokim örinbosari Mansur Tuymayev buldozerda tadbirkorning dökonini buzayotganda öşa tadbirkor amaldorga benzin sepib, yoqib yuborgandi.
Holat yuzasidan Bahriddin Isomovga nisbatan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ayni vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda.
Sunnatilla Abdullayev









