Odamlarni kosmosga taşiş boşlandi

Odamlarni kosmosga taşiş boşlandi

Toşkent vaqti bilan 16 sentyabr, ertalab 5:00 da "SpaceX" kompaniyasining "Dragon" kapsulasida törtta fuqaro samoga kötariladi. Ular professional fazogir bölmagan odamlardir.

Avvalroq "Virgin Galactic" va "Blue Origin" xususiy kompaniyalari ham kosmosga odam olib çiqqan edi. Bu parvozlar fazoda bor-yöği bir neça daqiqa davom etgan xolos.

"SpaceX" missiyasi esa uç kun mobaynida yer sayyorasini köplab marotaba aylanib çiqadi va şundan keyin Atlantika okeaniga tuşadi. Kapsula Xalqaro fazo markazidan ham balandroqqa uçişi kutilyapti.

Kosmosga çiqayotgan bu odamlar uçun "SpaceX" jami 200 million dollar olgani xabar qilinmoqda.

×