Bugun, 3 sentyabr kuni Xitoy kosmosga masofadan zondlaş yöldoşlarining yangi guruhini joylaştiriş uçun Long March 4B taşuvçi raketasini uçirdi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.
Naşrga köra, Yao-43 02 guruhi sunʼiy yöldoşlari janubi-ğarbiy Siçuan provintsiyasidagi Siçan sunʼiy yöldoş uçiriş markazidan mahalliy vaqt bilan soat 9:22 da uçirilgan va oldindan belgilangan orbitaga kirib borgan. Bu Long March seriyali raketalarining 533-parvoz missiyasi böldi.
Qayd etilişiça, ular ilmiy tajribalar, yer resurslarini örganiş, qişloq xöjaligi işlab çiqarişini baholaş, tabiiy ofatlarning oldini oliş va oqibatlarini yumşatiş uçun möljallangan. Bundan taşqari, ular sunʼiy yöldoşlarning past orbitali yulduz turkumlarini yaratişda yangi texnologiyalarni sinab köriş uçun işlatiladi.









