Facebook ijtimoiy tarmoğida M.M. nomli profil egasi özini Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi xodimi sifatida taniştirib, aldov yöli bilan noqonuniy daromad qilayotgan şaxs 5 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda agentlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, uşbu şaxs özganing mulkini aldov yöli bilan qölga kiritmoqçi bölgan. Şuning uçun 2019 yil avgust oyida fuqaro D.S.ga bankdan 1,5 mlrd AQŞ dollariga teng kredit olib, katta biznes boşlamoqçiligini aytgan. Bu biznesida D.S.ni öziga iş boşqaruvçi sifatida işga olişiga işontirib, kreditning birinçi tölovi uçun undan 110 mln söm miqdorida qarz söragan.
2020 yil 22 yanvar kuni notarial tartibda tuzilgan özaro qarz şartnomasida M.M. uşbu mablağni 2020 yil 23 avgust kuniga qaytarişni, aks holda özi boşqarib yurgan Captiva rusumli maşinani D.S.ning nomiga rasmiylaştirib berişni qayd etgan. Şunga qaramay, M.M. vaʼdasini bajarmay, pullarni öz şaxsiy ehtiyojlari uçun işlatib yuborgan. Eng qiziği maşina ham aslida özganing nomida bölgan.
Bundan taşqari M.M. özining jinoiy harakatlarini yana davom ettirib, firibgarlikka takroran qöl urgan. Bu gal u fuqaro N.S.ga özini Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi xodimi sifatida taniştirib, avtomaşina va uy olib berişni vaʼda qilgan. Evaziga undan aldov yöli bilan 11 ming dollar olgan.
Maʼlum bölişiça, M.M. agentlik tomonidan ötkazilgan rasmiy tadbirlarda boşqa fuqarolar qatorida iştirok etib, uşbu tadbirlar yuzasidan Internet tarmoğida berib borilayotgan foto-video lavhalarni öziga saqlab olgan. Mazkur maʼlumotlarni atrofidagilarga körsatiş orqali özini Agentlik xodimi ekanligiga işontirişga harakat qilib kelgan. Şuningdek, u Facebook ijtimoiy tarmoğida profil oçib, özining agentlikdagi iş faoliyati töğrisida yolğon maʼlumotlarni joylaştirib kelgan.
Bunday firibgarlikdan jabrlangan fuqaro N.S. M.M.ga nisbatan qonuniy çora körilişini sörab, agentlik direktori nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Holat yuzasidan Yakkasaroy tumani içki işlar idorasi tomonidan unga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilgan.
“Sud hukmiga köra, M.M. Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a,b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 5 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi”, deyiladi xabarda.
Şuningdek, sud qarorida M.M.dan jabrlanuvçi D.S.ning foydasiga 110 mln söm, N.S.ning foydasiga esa 130 mln söm undirilişi belgilangan.









