Özbekistonning kosmonavtini koinotga uçiriş 2028 yil oktyabr oyigaça amalga oşiriladi. Bu haqda “Özbekkosmos” agentligi direktori örinbosari Muhiddin Ibragimov matbuot anjumanida söz oçdi.
Uning aytişiça, parvozning davriyligi 14 kun böladi.
“Dunyoda 3 ta davlat bor: AQŞ, Rossiya va Xitoy. Bular kosmonavtlarni kosmosga töliq uçiroladi. AQŞ va Rossiya bitta xalqaro kosmik stantsiyaga uçiradi. Xitoyning özini alohida stantsiyasi bor. Biz hozir barça muzokaralarni olib bormoqdamiz. Har bir taraf özini tayyoriligini bildirdi. Kosmonavtimiz kosmosga uçganda olamşumul bölmasa ham biror eksperiment natijasi bilan yerga qaytib keladi”, degan Ibragimov.
Qayd etilişiça, kosmonavtni tayyorlaşda hukumat komissiyasi böladi va nomzodlar saralab olinadi.
Nomzodlarga asosiy 27-40 yoş, oliy maʼlumotli, böyi 160-190 sm oraliğida, vazni 50-95 kg va tillarni bilişi talabi qöyiladi.









