Toşkent şahar Çilonzor tumani IIO FMB boşliğining birinçi örinbosari, huquqbuzarliklar profilaktikasi böyiça örinbosari, şuningdek, Yangihayot va Şayxontohur tumanlari IIO FMB boşliqlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi böyiça örinbosarlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda şahar Içki işlar boş boşqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Toşkent şahar IIBB boşliği general-mayor Aziz Toşpölatov joriy yil 11 oylik natijalari böyiça tanqidiy ruhda yiğiliş ötkazgan. Unda jinoyatçilikka qarşi kuraşiş va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olişda qator kamçiliklarga yöl qöygani uçun Çilonzor tumani IIO FMB boşliğining birinçi örinbosari, huquqbuzarliklar profilaktikasi böyiça örinbosari, şuningdek, Yangihayot va Şayxontohur tumanlari IIO FMB boşliqlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi böyiça örinbosarlari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Sergeli tumani IIO FMB boşliği, uning birinçi örinbosari, huquqbuzarliklar profilaktikasi böyiça hamda jamoat tartibini saqlaş böyiça örinbosarlari intizomiy jazoga tortilgan. Şu bilan bir qatorda, tumanda ijobiy körsatgiçlarga erişgan va namunaviy xizmat olib borayotgan Mirzo Uluğbek va Yaşnobod tumanlari IIO FMB boşliqlariga taşakkur eʼlon qilingan.
Şuningdek, taʼkidlanişiça, IIBB xodimlarining taşabbusi bilan joriy yilning 11 oyi mobaynida 5 644 ta jinoyat (ulardan 1 375 tasi giyohvandlik va psixotrop vositalarining noqonuniy savdosi bilan boğliq) aniqlangan va 122 kg 756 gramm giyohvandlik hamda 108 ming 550 dona kuçli taʼsir qiluvçi dori vositalarining tarqalib ketişining oldi olingan. 12 544 ta jinoyatlar foş etilib (ulardan 171 tasi ötgan yillarda sodir etilgan jinoyatlar), 822 nafar qidiruvdagi jinoyatçilar uşlangan.









