“Qilmiş qidirmiş”, deb bejiz aytilmagan. Har qanday qinğir harakatning bir kun kelib misi çiqişi muqarrar. Xalqimizga sidqidildan xizmat qiluvçi poçta tizimidagi ayrim mutasaddi şaxslar yelkalaridagi ulkan masʼuliyatni unutib, davlat va jamiyat haqiga köz olaytirdi.
Davlat xavfsizlik xizmati Namangan viloyati böyiça boşqarmasi hamda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Namangan viloyati boşqarmasi hamkorligida olib borilgan suriştiruvlar davomida “Özbekiston poçtasi” aktsiyadorlik jamiyatining Namangan filiali Çortoq tumani poçta aloqa boğlamasi sobiq boş hisobçisi, 1975 yilda tuğilgan T.N. va taşkilotning boşqa mansabdor şaxslari tomonidan 529 million söm pul mablağlari özlaştirilganligi aniqlandi.
Ular fuqarolarning aliment pullari, poçta xizmatlari körsatilişidan tuşgan daromadlar, matbuot naşrlari obunasi va kommunal tölovlardan tuşgan mablağlarni öz şaxsiy plastik kartalariga noqonuniy ravişda ötkaziş, konvert-marka mahsulotlarini noqonuniy sotiş hamda ortiqça iş haqlari hisoblaş orqali juda köp miqdordagi özgalarning mablağlarini özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilgan.
Hozirda T.N. va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi a-bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.









