Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkentdagi quriliş obʼektida ikkita artilleriya aslahasi topilgani töğrisidagi video tarqamoqda. Poytaxt IIBB Matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.
Qayd etilişiça, keça, 27 dekabr kuni 102 raqamiga 26 yoşli qaşqadaryolik Şuhrat T.dan xabar kelib tuşgan. Uning aytişiça, tanişi 29 yoşli Aliakbar M. bilan birgalikda Yakkasaroy tumanida qurilayotgan obeʼkt hududida şubhali, artilleriya aslahalariga öxşaş zanglagan buyumlar topgan. U fuqarolik masʼuliyatidan kelib çiqib tezkor xizmatlarga xabar bergan.
Körsatilgan manzilga Toşkent şahar IIBB xodimlari Özbekiston Respublikasi IIVning maxsus mutaxassislari bilan birgalikda yetib kelgan. Tekşiruv ötkazilgaç, topilgan buyumlar öquv maşğulotlari davomida foydalanişga möljallangan ikkita 115 mm.lik öquv snaryadi va ikkita 82 mm.lik öquv minomyoti ekanligi maʼlum böldi.
Mazkur holat böyiça örganiş işlari davom etmoqda.









