Buyuk şoir Alişer Navoiy haqida film yaratildi

Buyuk şoir Alişer Navoiy haqida film yaratildi

Kuni keça Adiblar xiyobonida özbek mumtoz adabiyotining asosçisi Alişer Navoiy haqida yaratilgan hujjatli film namoyişi bölib ötdi. Premera avvalida taşkilotçilar tomonidan Navoiy haykali poyiga gulçambar qöyildi
Namoyişda talabalar özbek va ingliz tillarida şoir ijodidan namunalarni öqib berganlari barçaga kötarinki kayfiyat bağişladi. Yaratilgan uşbu film sabab şoir ijodiga yana bir bor nazar solindi.

Stsenariy muallifi va kinokartinada boşlovçi Furqat Usmonov, postanovkaçi rejissyor Şohrux Rasulov, postanovkaçi operator Jahongir Ibragimov, postanovkaçi-rassom Şahzod Muhammadiyev, ikkinçi rejissyor Muattar Mirredjabova, montaj ustasi Zuhriddin Asamov, ijroçi prodyuser Davronxöja Abduğaniyev.
Kinematografiya agentligi tomonidan 6 sentyabrdan buyon Bobur, Abdulla Oripov, Ğafur Ğulom, Maqsud Şayxzoda hayoti va ijodi haqidagi hujjatli filmlar namoyiş etildi.
Oldinda 29 sentyabrga qadar Ogahiy, Çölpon, Zulfiya, Erkin Vohidov, Hamid Olimjon va boşqa adiblar haqidagi hujjatli filmlar premeralari bölib ötadi.
Kinematografiya agentligi har doimgidek ajoyib anʼanani boşlagan. 28 sentyabr kuni boşlanişi kutilayotgan Toşkent xalqaro kinofestivali oldi eng yangi filmlarning oçiq havoda ommaga namoyiş qilinişi, albatta, quvonarli hodisa.
Eslatib ötamiz, 28 sentyabrdan 3 oktyabrgaça respublika böylab "Ipak yöli durdonasi" XIII Toşkent xalqaro kinofestivali bölib ötadi.

×