Nur-Sultonda Alişer Navoiy haykali örnatiladi

Qozoğiston poytaxti Nur-Sultonda Alişer Navoiy haykali örnatiladi. Bu haqda Prezident Qosim-Jomart Töqayev Özbekiston va Qozoğiston rasmiy delegatsiyalari iştirokidagi muzokaralar vaqtida aytib ötdi.

Qozoğiston yetakçisi ikki xalqning maʼnaviy yaqinligi va köp asrlik döstligi ramzi sifatida poytaxtda Navoiy haykali örnatilişini taʼkidlagan.

Muzokaralar davomida gumanitar almaşinuvlarni kengaytiriş, taʼlim, fan, soğliqni saqlaş, madaniyat va sanʼat, turizm va sport sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlaş masalalari ham muhokama qilingan.

Şuningdek, tomonlar Markaziy Osiyoda tinçlik va barqarorlikni taʼminlaş maqsadida özaro manfaatlar va mintaqaviy yaqinlaşuv ğoyalarini ilgari surgan holda taşqi siyosat sohasida yaqindan hamkorlik qiliş istagini bildirdilar. Prezidentlar Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahat uçraşuvlari formatini iştirokçi davlatlar manfaatlariga qatʼiy hurmat asosida mavjud salohiyatlardan maksimal darajada töliq foydalaniş maqsadida takomillaştiriş yölida maqsadli iş olib borişga kelişib olgan.

×