HBO Max va CNN Films kompaniyalari Rossiya muxolifati yetakçisi, siyosatçi Aleksey Navalniyning zaharlanişi, davolanişi va Rossiyaga qaytişi haqida hikoya qiladigan hujjatli filmni suratga oldi. Bu haqda “Forbes” xabar berdi.
Qayd etilişiça, film “Navalniy” deb nomlangan. Kartinaga hujjatli filmlar böyiça mutaxassis kanadalik Deniel Roer rejissyorlik qilgan. U öz işini “bir inson taqdiri va uning avtoritar rejimga qarşi kuraşi”, deya taʼriflagan. Film prodyuserlari orasida Navalniyning şerigi Mariya Pevçix ham bor.
Film Şimoliy Amerikadagi CNN telekanalida efirga uzatiladi, uni translatsiya qiliş huquqi HBO Max va CNN+ ga tegişli. Film qaçondan boşlab namoyiş etilişi hozirça nomaʼlum.
Maʼlumot uçun, Rossiya muxolifati yetakçisi Aleksey Navalniy ötgan yilning 20 avgustida Rossiyaning Tomsk şahrida zaharlanganidan söng, Germaniyada 4 oy davolanib, joriy yilning 17 yanvar kuni Rossiyaga qaytdi va darhol hibsga olindi.
Keyinroq “Iv Roşe” işi böyiça sud qilingan muxolifatçi 3,5 yilga qamaldi. Ölişiga bir baxya qolgan Navalniyning özi bir qator intervyu va çiqişlarida joniga suiqasd qilinişida töğridan-töğri Putinni ayblagan.
2021 yilning 19 yanvar kuni Navalniy tomonidan taşkil qilingan Korruptsiyaga qarşi kuraş fondi “Putinning qasri” haqidagi filmni eʼlon qildi. U 100 million martadan ortiq tomoşa qilindi, ijtimoiy tarmoqlar esa şu mavzudagi memlarga tölib ketdi. Hukumat uning qasr emas, apart-mehmonxona ekanligini va unga Putin emas, balki uning dösti Arkadiy Rotenberg egalik qilişini maʼlum qildi.
Moskvaning Simonov tumanlararo sudi 2 fevralda Navalniyni “Iv Roşe” işi böyiça aybdor deb topib, uning jazoni koloniyada ötaşi haqida qaror çiqargandi. Moskva şahar sudi 20 fevralda qarorni qonuniy deb topdi va sud hukmi kuçga kirdi. Navalniy koloniyada yana 2,5 yil davomida sud belgilagan jazoni ötaydi.
Eslatib ötamiz, Rossiya muxolifati yetakçisi, siyosatçi Aleksey Navalniy Yevropa Ittifoqining inson huquqlari sohasidagi boş mukofoti “Fikr erkinligi uçun” Andrey Saxarov mukofotini olgan.









