Özbekistonda TikTok’ni butunlay bloklaş taklif qilindi

Özbekistonda TikTok’ni butunlay bloklaş taklif qilindi

«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi faollari Özbekistonda TikTok ijtimoiy tarmoğini butunlay bloklaş taklifini ilgari surdi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.

«Adolat» SDP faollarining taʼkidlaşiça, TikTok’da özgalar hayotiga daxl qiluvçi nomaqbul kadrlarning köpayayotgani mazkur masalaga jiddiyroq yondaşiş lozimligidan dalolat bermoqda. Bunga partiya aʼzolari samarqandlik maktab öquvçisining otasi tengi erkak yuziga tepgani misol qilib keltirilgan.

«Biz ‘Adolat’ sotsial-demokratik partiyasi faollari zöravonlikka tamomila qarşi insonlar safida turib, yurtimiz ravnaqi yölida xalqimizning ölmas, bebaho qadriyatlariga hamohang tarzda, yoşlarimizni millatimizga yod bölgan har qanday ğoya va qaraşlardan himoyalaş tarafdorimiz.

Bunday şarafli yölda kerak bölsa, jinoiy javobgarlik çoralarini kuçaytirişimiz, foydasidan köra ziyoni köp bölayotgan internet tarmoğidagi TikTok singari mobil ilovalarni sodir bölayotgan köngilsiz voqea-hodisalarni hisobga olgan holda butunlay bloklaşimiz lozim. ‘Şusiz ham taqiqlar mavjud-ku’, deyişimiz mumkin. Biroq kör-körona maşhurlikka öç yoşlar ongini zaharlab, ijtimoiy tarmoqda şuhrat qozonişga ‘oltin köprik’ vazifasini ötayotgan TikTok bilan tiktokerlarimiz VPN ilovasi orqali ulaniş imkoniyati borligi bu masalani ham örganib çiqiş zarurligini körsatadi», — deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, 2021 yil iyul oyida Özbekistonda TikTok va Tvitterʼning oçilişi sekinlaşdi. 2 iyul kuni esa Özbekistonda ayrim ijtimoiy tarmoqlar, xususan, TikTok’dan foydalaniş rasman çeklandi.

Keyinçalik «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi Markaziy kengaşi raisi örinbosari Feruza Muhammadjonova TikTok ijtimoiy tarmoğini butunlay bloklaşni taklif qildi.

Toşkent şahar hokimi «Toşkent yoşlar forumi — 2020» doirasida bölib ötgan matbuot anjumanida «tiktokerlarga taqiq qöyiş emas, ularni töğri yölga yönaltiriş böyiça iş olib borişimiz kerakligi» haqida aytgan edi.

«TikTok bir platforma, u yerda turli kontent bor. Hamma öziga kerakli kontent oladi. Ming afsuski, taqiq qöyilgan odamlar kerakmas kontentlarga kirgani körinib turibdi. Agar kerakli kontentlarga kirilsa, heç qanday platformaning zarari yöq, deb öylayman. Mening fikrimça, tağin bilmadim», — degan edi hokim «Toşkent yoşlar forumi – 2021» doirasida bölib ötgan matbuot anjumanida.

×