Yana bir xuşxabar. Bugun koronavirus infektsiyasiga çalingan bemorlardan yana tört nafari butunlay soğaydi. Ularning bir nafari BAAning Dubay şahridan, yana bir nafari Turkiyadan kelgan, qolgan ikki nafari esa koronavirus infektsiyasi aniqlangan bemor bilan yaqin muloqotda bölgan fuqarolardir. Ularni Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şadmanov va boşqa masʼullar Respublika ixtisoslaştirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatişdi.

SSV Matbuot xizmati fotolari
Şu örinda taʼkidlaş joizki, uşbu bemorlarning soğayişida Virusologiya ilmiy-teşiriş instituti klinikasi jamoasining bahamjihat bölib, zimmasiga yuklangan ulkan masʼuliyatni çuqur his etgan holda, koronavirus infektsiyasiga çalingan bemorlarning şifo topişi uçun astoydil kuraşayotgani muhim ahamiyat kasb etayapti. Buning uçun şifoxonada barça şaroit yaratilgan, dori-darmon, zamonaviy tibbiy texnologiyalar, himoya vositalari bilan taʼminlangan.

Yana bir eʼtiborli jihati, ayni murakkab vaziyatda tajribali şifokorlarimiz tomonidan bemorlarni davolaşda dunyo tajribasi, xususan, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiyalari, koronavirus infetsiyasini jilovlay olgan Xitoy, Janubiy Koreya kabi davlatlarning amaliy işlari örganilib, amaliyotda qöllanilmoqda. Har bir bemorga ilmiy asosda yondaşilib, standartlar böyiça davolaş çoralari körilmoqda.

Şuningdek, klinika jamoasining pulmonologiya, kardiologiya, terapevt, endokrinologiya kabi qator ixtisoslaşgan soha mutaxassislari bilan telemuloqot örnatgani ham koronavirus infetsiyasiga qarşi kuraşda qöl kelayotir. Tor mutaxassislar bilan hamkorlikda bemorlarning holati yuzasidan maslahatlaşiş, aniq taşxis qöyiş va davolaş imkonini berayapti. Şu kabi qator omillar aksariyat bemorlar ahvolining yaxşilanişiga olib kelmoqda, soğayişi tezlaşmoqda. Ayni lahzada tuzalgan bemorlarimizning quvonçi çeksiz. Ularning tabassumi, minnatdorli sözlari zahmatkaş tibbiyot xodimlarining mehnatiga eng yuksak baho bölsa, ajab emas.

Eslatib ötamiz, hozirda nafaqat poytaxtimizda, balki viloyatlarda ham tibbiyot xodimlari koronavirus infektsiyasiga çalingan bemorlarning soğayib ketişlari uçun bor mahoratlarini işga solgan holda qahramonlarça kuraşmoqda.









