Xalqaro terrorçilik guruhi foş qilindi

Xalqaro terrorçilik guruhi foş qilindi

Xorazm viloyati Xiva şahrida “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik taşkilotining mahalliy yoşlardan iborat yaşirin guruhi faoliyatiga çek qöyildi.

Aniqlanişiça, 2003 yilda tuğilgan fuqaro 2020 yilning mart oyida ijtimoiy tarmoqlar orqali “Tavhid va jihod katibasi” taşkiloti emissarlari taʼsiriga tuşib qolgan va ularning radikal ğoyalarini qöllab-quvvatlaşni boşlagan. 2021 yilning yanvar oyidan esa u Xiva şahridagi masjidlardan biriga ibodat qiliş uçun kelgan yoşlar orasida “jihodçilar” ğoyalarini tarğib qiliş bilan şuğullgan.

Oqibatda 7 kişidan iborat guruh şakllangan va ular 1980 hamda 1982 yillarda tuğilgan aka-ukaga tegişli mehmonxonada özaro yiğinlar ötkazib kelgan. Eʼtiborlisi, aka-ukaning 2005 yilda tuğilgan bir nafardan farzandlari ham guruh aʼzosi sanaladi. Yiğinlar vaqtida ular internet orqali yuklab olingan diniy ekstremistik oqimlar va terroristik taşkilotlar ğoyaviy rahnamolarining, jumladan, Abu Saloh, Abdulloh Zufar, Sodiq Samarqandiylarning “hijrat” va “jihod”ga çorlovçi audio-video maʼruzalari hamda daʼvatlarini tinglab, özaro muhokama qilgan.

Şuningdek, ular Suriyadagi jangarilar safiga borib qöşilganda foydalaniş uçun sportning qöl jangi turi bilan ham şuğullangan. Taʼkidlanişiça, noqonuniy guruhning 1998–2005 yillar oraliğida tuğilgan aʼzolari orasida Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining talabasi hamda Xiva şahridagi umumiy örta taʼlim maktabining 2 nafari öquvçisi ham bor.

Qayd etilişiça, tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida guruh aʼzolarining ayrimlari noqonuniy boylik orttiriş maqsadida giyohvand moddalar savdosi va öğirlik jinoyatlarini amalga oşirgani ham maʼlum bölgan. Şuningdek, ularning mobil telefon apparatlarida davlat qonunçiligida taqiqlangan audio-video körinişidagi diniy materiallar borligi aniqlangan. Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalariga asosan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

×