Xalqaro terroristik taşkilotga aloqadorligi uçun qidiruvda bölgan, 1995 y.t. S.S. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan xorijdan Özbekistonga olib kelindi.
Qayd etilişiça, mazkur şaxs internet tarmoği orqali Suriya davlati hududidagi “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik taşkiloti aʼzolarining taʼsiriga tuşib qolgan.
U özining tanişlari bilan Telegram messenjerida virtual guruh taşkil etib, ekstremistik oqimlar va xalqaro terroristik taşkilotlar ğoyaviy rahnamolarining “jihod”ga çorlovçi materiallarini unga joylab, özaro muhokama qilişgan. Şuningdek, Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” terroristik taşkilotiga qöşiliş uçun Özbekistondan çiqib ketmoqçi bölişgan.
Huquq-tartibot idoralari tomonidan körilgan çora-tadbirlar natijasida ularning noqonuniy harakatlari foş etilgan hamda 2018 yilning iyun oyida S.S. va uning jinoiy aloqalariga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi yuzasidan sayyor sud majlisi ötkazilib, S.S.ga nisbatan insonparvarlik printsipini qöllagan holda 4 yil ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.
Biroq, S.S. öz xatolaridan töğri xulosa çiqarmasdan, Suriyadagi jangarilar safiga qöşiliş maqsadida aylanma yöllar orqali davlat çegarasini kesib ötib, Markaziy Osiyo davlatlarining biriga borgan vaqtida hibsga olingan.
Hozirda unga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, 2015-2021 yillar davomida Suriya va Iroq davlatlaridagi terroristik taşkilotlar safida jangovar harakatlarda qatnaşgan Özbekiston fuqarosi ortga qaytarilgani haqida xabar bergan edik.









