Bugun, 19 fevral kuni, Toşkent şaxri xududida “Tavxid va jixod katibasi” (TJK) xalqaro terroristik taşkilotiga aloqador bölgan bir gurux tarafdorlar va aʼzolarning faoliyatiga çek qöyildi.
Mavjud maʼlumotlarga köra, mazkur şaxslar xozirda Suriyada xalqaro terroristik taşkiloti TJK safida faoliyat yuritayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarosi 1996 yilda Toşkent şaxrida tuğilgan A.Şodibekovning ğoyaviy taʼsiriga tuşib, uning jinoiy faoliyatiga yaqindan qömak beriş maqsadida moddiy tomondan yordam körsatib, TJK tarkibiga borib köşilişni rejalaştirib kelganlar.
Yuqoridagilarga köra, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1552-moddasi 1-qismiga (Terrorçilik faoliyatini amalga oşiriş maqsadida öquvdan ötiş) asosan qözğatilgan jinoyat işi doirasida poytaxt xududidagi 18 ta manzilda tintuv tadbirlari ötkazilib, 21 nafar şaxslar qölga olindi.
Uşlangan şaxslarning yaşaş manzillaridan jinoyatga aloqador bölgan aşyoviy dalillar topilib, qonuniy tartibda rasmiylaştirilib olindi. Xozirda tergov-suriştiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
"Fuqarolarimiz, ayniqsa yoşlarimizni ogoxlantirib, bu kabi qonun buzulişlariga yöl qöymaslik maqsadida, ijtimoiy tarmoqlarning şubxali saytlaridagi daʼvatlarga aldanib qolmasliklarini, jamoat tartibiga taxdid soluvçi materiallardan foydalanmasliklari, saqlamasliklari va tarqatmasliklarini söraymiz", deyiladi poytaxt IIBB xabarida.
Maʼlumot tariqasida, Özbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabrdagi qarori bilan “Tavxid va jixod katibasi” xalqaro terroristik taşkiloti faoliyati Özbekiston Respublikasi xududida taʼqiqlangan taşkilotlar röyxatiga kiritilgan.
Sunnatilla Abdullayev









