Farğona şahridagi 1-sonli “Nurli maskan” maktab-internati tomonidan noqonuniy işdan böşatilgan ayol lavozimiga qayta tiklandi va 21,3 mln söm undirib berildi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili xabar berdi.
Qayd etilişiça, fuqaro G.M. murojaat qilib, huquqlarini tiklaşda amaliy yordam söragan. Şundan söng mazkur iş Ombudsmanning Farğona viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan nazoratga olingan.
Holatga oid hujjatlar örganilganda, işdan böşatişga asos sifatida körsatilgan sabablar Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 168-moddasi birinçi qismi 4-bandi talablariga töliq muvofiq kelmasligi aniqlangan. Xususan, murojaatçi 2017 yildan beri uzluksiz işlab kelayotgani, mazkur davrda uning lavozimiga nisbatan qöşimça malaka talabi qöyilmagani inobatga olinmagan.
Şundan söng işga tiklaş, majburiy rasmiy sababsiz işga kelmagan kunlari uçun iş haqi hamda maʼnaviy zararni undiriş masalasida sudga daʼvo arizasi kiritilişida huquqiy yordam körsatilgan.
Fuqarolik işlari böyiça Farğona tumanlararo sudining tegişli hal qiluv qaroriga köra, fuqaro G.M. tarbiyaçi lavozimiga qayta tiklaş, majburiy progul kunlari uçun 16 300 000 söm iş haqi hamda 5 000 000 söm maʼnaviy zarar undirilişi belgilangan.
Hozirda fuqaro G.M. iş faoliyatini davom ettirmoqda.









