«Tolibon» 7 sentyabr kuni Afğoniston muvaqqat hukumati tarkibini eʼlon qilgandi. Unga oxirgi marta «Tolibon» hokimiyat tepasida bölganida taşqi işlar vaziri bölgan Muhammad Hasan Oxund hukumatga rahbarlik qiladi.
Afğonistonning yangi hukumati eʼlon qilinganidan keyin «Tolibon» lideri Xaybatulla Oxundzoda harakat yetakçisi bölib qolaveradi. Taʼkidlanişiça, Oxundzoda seşanba kuni «Tolibon» eʼlon qilgan muvaqqat hukumat tarkibiga kiritilmagan.
Jumladan, «Tolibon» rahbariyatining sobiq vakili Amir Xon Muttaqqiy taşqi işlar vaziri etib tayinlandi.
«Tolibon» boşliğining örinbosari Muhammad Yoqubga mudofaa vaziri vazifasi yuklatildi.
Içki işlar vazirligi rahbari lavozimiga mulla Sarajuddin Haqqoniy tayinlandi.
Maʼlumot uçun Muhammad Hasan Oxund 2001 yildan beri BMT sanktsiyalari ostida.









