“Tolibon” harakatining Afğonistonda hokimiyatni egallagandan keyingi asosiy maqsadi xalqaro maydonda rasmiy eʼtirofga sazovor böliş. Bu haqda Sankt-Peterburg davlat universiteti postsovet hududidagi xalqaro munosabatlar kafedrasi dotsenti Ruslan Şamgunov maʼlum qildi.
“Toliblarning aniq maqsadi – butun dunyo böylab tan oliniş va “terrorçilik taşkiloti” belgisini olib taşlaş”, deydi olim.
Uning taʼkidlaşiça, “Tolibon” qöşni davlatlarning hududiy yaxlitligiga tajovuz qilmaydi, şuningdek, agar ularning aholisi “dindor musulmon” bölsalar, eʼtiroz bildirmaydi.
London universitetlaridan birining professori Birkberk Robert Singx ham şunga öxşaş fikr bildirgan. U çet el sarmoyasini jalb qiliş va xalqaro savdoni tiklaşni “Tolibon”ning asosiy vazifalaridan biri, deb atagan.
“Ertami-keçmi, toliblarning haqiqiy yuzi yana oçiladi va ular yana talon-taroj qilişda, öldirişda hamda öz radikal tartibini qurişda davom etişadi”, deb işonç bilan aymoqda olim.
“Valday” klubi mutaxassisi, Rossiya Taşqi işlar vazirligi Xalqaro tadqiqotlar instituti Yevroosiyo tadqiqotlari markazi direktori va yetakçi ilmiy xodimi Ivan Safrançuk “Lenta.ru” saytiga bergan intervyusida “Tolibon” 1990-yillardagi kabi bölişini aytdi. U jangarilar öz siyosatini biroz yumşatişini tan olgan.
Maʼlumot uçun, joriy yilning may oyida AQŞ boşliq xalqaro koalitsiya kuçlari Afğonistonni tark etişni boşlaşi bilan "Tolibon" harakati hukumat nazoratidagi hududlarni egallab ola boşladi. Avgust oyiga kelib, toliblar yirik şaharlarga yuriş boşladi.









