Qöştepani “Tolibon”ning qurolli bölinmasi qöriqlaydi

Qöştepani “Tolibon”ning qurolli bölinmasi qöriqlaydi

“Tolibon” Afğonistondagi Qöştepa kanali xavfsizligini taʼminlaş uçun maxsus bölim taşkil etganini bildirdi. Bu haqda “Sputnik Afganistan” naşri xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, bölinma Afğonistondagi töğonlarni, milliy loyihalarni, taʼlim muassasalarini, banklar va tijorat markazlarini himoya qiladi. 

“Uşbu bölim Qöştepa kanalini himoya qiliş maqsadida Milliy jamoat muhofazasi agentligining umumiy maqsadi ostida işlaydi”, deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 11 oktyabr kuni “Tolibon” Afğonistondagi Qöştepa kanalining birinçi qismi qurib bitkazilgani va loyihaning ikkinçi bosqiçi boşlanganini eʼlon qildi. Ayni paytda kanalning uçdan bir qismi qurib bitkazildi, bu quriliş işlari rejadagidan ança oldinda borayotganini anglatadi. 

Ikkinçi bosqiçda kanalning 177 km uzunlikdagi qismini quriş rejalaştirilgan. Uçinçi bosqiç qişloq xöjaligi yerlari böylab subkanallarni taqsimlaşni öz içiga oladi. Kanal qurilişi Afğoniston davlat kompaniyasiga yuklangan. Loyihaning umumiy qiymati 684 million dollarni taşkil etadi. Kompaniya vakillarining aytişiça, bu loyiha xorijlik mutaxassislar yordamisiz amalga oşirilmoqda.


×