Frantsuz jurnali Turkiyadagi dahşatli fojia ustidan mazax qildi

Frantsuz jurnali Turkiyadagi dahşatli fojia ustidan mazax qildi

Frantsiyaning “Charlie Hebdo” hajviy jurnali Turkiyadagi fojiaviy zilzila va uning oqibatlarini mazax qilib çiqdi. Jurnalning yangi soni muqovasidan örin olgan karikatura “Turkiyadagi zilzila” deb nom olib, unda mamlakatdagi vayron bölgan uylar va ağdarilib ketgan avtomobillar aks etgan. Surat ostiga esa “Endi tank jönatişga hojat yöq” deb yozilgan. Surat naşrning Twitter’dagi sahifasida tarqatildi. 

Şu bilan birga, “Charlie Hebdo” karikaturani “kun surati” deb atadi, bu esa ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilarining keskin munosabatiga sabab böldi. 

Xabaringiz bor, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-şarqida magnitudasi yetti balldan ortiq (mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) kuçli ikki zilzila sodir böldi. Turkiya janubi-şarqida sodir bölgan dahşatli zilzila qurbonlari soni 3,5 ming kişidan oşdi. 

Prezident Rajab Toyib Erdöğan Turkiyada tabiiy ofat munosabati bilan yetti kunlik milliy motam eʼlon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat böylab yarimga hilpiratildi. 

Vayronkor zilzila qöşni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Şimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya Kipr va Iroqda ham sezildi. 

Sönggi maʼlumotlarga köra, Suriyaning Idlib, Halab, Xama, Latakiya va Raqqa viloyatlarida 1,6 mingdan ortiq odam halok bölgan.

Maʼlumot uçun, “Charlie Hebdo” – Frantsuz adabiy va badiiy haftalik siyosiy satira jurnali bölib, haftaning çorşanba kunlari naşr etiladi. Nokonformistik xarakterdagi karikaturalar, reportajlar, munozaralar va latifalarni naşr etadi. Çap va dunyoviy pozitsiyalarni egallab, siyosatçilarni, öta öng, islom va nasroniylikni masxara qiladi.


×