Termizda 6 sentyabrdan boşlab afğonlar uçun möljallangan taʼlim markazi qayta iş boşladi, deb xabar beradi Sputnik.
Markaz direktori Oybek Röziyevning sözlariga köra, 35 nafar talaba yana öqişni boşlagan — ularning barçasi taʼtildan söng Afğonistondan kelgan.
Taʼkidlanişiça, yaqin kunlarda Termizga yana afğonistonlik qator talabalar qaytadi. Ularga tört yilga möljallangan vizalar berilgan, şu sababli talabalar çegarani kesib ötişda muammoga duç kelmasligi kerak.
Şuningdek, Röziyevning qayd etişiça, 2021 yilda Afğonistondagi vaziyat sabab yangi talabalar öqişga qabul qilinmagan.
Termizdagi taʼlim markazi 2018 yilning yanvarida oçilgan bölib, temir yöl mutaxassislari hamda özbek tili va adabiyoti böyiça öqituvçilarni tayyorlaş bilan şuğullanadi.
Avvalroq «Tolibon» talaba qizlarning taʼlimni davom ettirişi yuzasidan öz şartlarini eʼlon qilgandi.
«Tolibon» mamlakatda yana hokimiyat tepasiga kelgan avgust oyida harakat matbuot kotibi Zabihulla Mujohid ayollarga «islom qonunlari doirasida» işlaş, öqiş va jamiyat boşqaruvida iştirok etişga ruxsat berilişini aytgan. Şu bilan birga, toliblarning şartlariga köra, Afğonistonda ayollarning barçasi hijob (paranji) kiyişi kerak böladi. «Tolibon» avvalgi boşqaruvi davridan farqli ravişda bu safar ayollarning uydan yolğiz, erkaklar hamrohligisiz çiqa olişi mumkinligini kafolatlamoqda.
Keyinçalik Mujohid Afğonistondagi işlaydigan ayollarni öz xavfsizligi uçun uydan çiqmaslikka çaqirgan. «Bizning xavfsizlik kuçlarimizga ayollar bilan qanday munosabatda böliş, ular bilan qanday muloqot qiliş haqida örgatilmagan. Mamlakatda töliq xavfsizlik örnatilmagunça ayollardan uyda qolişini söraymiz », — degan harakat vakili.
Şuningdek, «Tolibon» ayollarga hukumat tarkibida lavozimlar berilmasligini maʼlum qilgan.









