Qirğizistonning Suzoq tumanida koronavirus bilan kasallaniş böyiça uçta holat qayd etildi. Bu haqda 18 mart kuni mamlakat soğliqni saqlaş vaziri Kosmosbek Çolponbayevga tayanib, Akipress xabar berdi.
Gap Umra ziyorati uçun Saudiya Arabistoniga borib kelgan uç nafar Qirğiziston fuqarosi haqida ketmoqda. Mamlakat koronavirusga tekşiriladigan davlatlar qatoriga kiritilmagan edi.
12 mart kuni ular Qirğizistonga qaytib kelgan va ulardan tahlil namunalari olingan. Ziyoratçilar şifokorlar nazorati ostida karantinda saqlanayotgan edi.
16 mart kuni Umradan qaytgan Suzoq tumani Blagoveşenka qişloğida istiqomat qiluvçi ayolning tana harorati kötarilib ketgan. U şifoxonaga olib kelinib, tahlil natijalari olinib, Öş viloyatiga yuborilgan. Ayol bilan birgalikda Saudiya Arabistonidan 8 kişi kelgan, ularning 3 nafarida koronavirus aniqlangan.
Vazirning sözlariga köra, şifokorlar ayollarning yaqinlaridan ham tekşiruv uçun tahlil namunalarini olgan. Tadqiqotlar birinçi bosqiçda Öş viloyatidagi laboratoriyada ötkazilgan. Şundan söng, barça tahlil natijalari Bişkekka yuborilgan va u yerda koronavirus tasdiqlangan.
Avvalroq Qirğizistonda 16 martdan boşlab barça maktablar va oliy taʼlim muassasalari 3 haftaga karantinga yopilişi haqida xabar berilgandi. Şuningdek, Qirğiziston hukumati koronavirus qayd etilgan davlatlarga borgan xorijliklarning mamlakatga kirişini taqiqlab qöygan.









