Surxondaryo viloyati Uzun tumani hamda Toşkent şahar Bektemir tumanida fuqarolarni öqişga kiritib qöyiş bilan boğliq firibgarlik holatlari aniqlandi. Uşbu holatni sodir etganlardan biri maktab direktori, ikkinçisi esa Özbekiston milliy universiteti magistratura bosqiçi talabasi bölgan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Matbuot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, Departamentning Uzun tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, tumandagi umumiy örta taʼlim maktab direktori M.B. fuqaro M.M. bilan oldindan til biriktirib, ikki nafar fuqaroni tanişlari yordamida Qozoğiston Respublikasi, Çimkent davlat universitetiga öqişga kiritib qöyişni vaʼda qilgan. Evaziga esa ularning har biridan 1 200 AQŞ dollaridan jami 2 400 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan.
Departamentning Toşkent şahar boşqarmasi va Bektemir tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Özbekiston milliy universiteti magistratura bosqiçi talabasi O.R. fuqaro O.ga göyoki özini dekanat xodimi sifatida taniştirib, tanişlari orqali uning Qozoğiston Respublikasi oliygohidagi öqişini köçirib, universitetning 2-kursiga qabul qilingani haqida buyruq çiqartirib berişni vaʼda qilgan. Şuningdek barça fanlardan baho olib berişini ham aytgan. Evaziga esa 1 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Xabarga köra, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.









