Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev yuk maşinalarining meʼyordan ortiq yuk bilan harakatlanişini tanqid qildi. U bu haqda 6 sentyabr kuni öz Telegram kanalida post qoldirdi.
Unga köra, yöllarni sifatli saqlaş va byudjetni tejaş uçun hukumat mahalliy yöllar kötara olmaydigan oğir yuk taşuvçi avtotransportlarning harakatlanişini çeklaş masalasini jiddiy öylab körişi kerak.
«Bizga 1 söm soliq tölab, yöllarimizga 10 sömlik zarar keltirayotgan faoliyat kerakmi özi?» — deydi deputat.
Maʼlum qilinişiça, meʼyordan ortiq yuk bilan harakatlanayotgan yuk avtotransporti rasmi 5 sentyabr kuni Toşkent viloyati Yangiyöl tumani Qöşyoğoç mahallasida olingan. Şuningdek, bloger Otabek Bakirov ham mavzu yuzasidan munosabat bildirgan. U Jizzax viloyatining Zafarobod-Foriş yölining abgorligi sabablarini keltirib ötgan.
«Bu yöldan viloyat hokimi Ergaş Soliyev yurmagani aniq. Zafarobod tuman hokimining yöli tuşmagan çiqar. Taşriflar doirasida bu joylardan aylanib marşrut tuzişadi. Çunki mabodo Davlat rahbari bu yölga kortejni burib yuborsa, juda köpçilik çinovniklarining kallasi ham, sallasi ham ketib qolişi turgan gap» — deydi bloger.
Taʼkidlanişiça, yöl abgorligiga, asosan, Jizzax tsement zavodidan tsement taşiydigan yuk avtotransportlari sabab böladi. Tasnifi böyiça 10 tonnali yukdan ortiği yölni buzişi aniq böla turib, bu yöldan 40, 50, 60 tonna yuk ortgan avtotransportlar qatnaydi. Tabiiyki, asfalt va toş qoplamasi 30, 50 santimetr va hatto 1 metrgaça çökib ketgan.
«Butun yöl vertikal va gorizontal garmoşkaga aylangan. Lekin yölda yuk meʼyori böyiça na ogohlantirişlar va na maxsus tarozilar bor. Adaşmasam, tarozi bilan taʼminlangan va meʼyordan ortiqça yuk yuklagan avtotransportlardan qöşimça tölov undiriladigan yöllarimiz sanoqli (bu tarozi nuqtalari haddan ziyod korruptsiyalaşib ketgani alohida masala)», — deydi Otabek Bakirov.
Blogerga köra, bir tarafdan yöl quraveriş va bir muddat ötib yaroqsiz yöllarga kelib qolmaslik uçun kamida uçta masala bor:
- yöllarda (avvalo yangi taʼmirlangan yöllarda) harakatdagi avtotransportlarning yuk meʼyori çeklanganini körsatuvçi yöl belgilarini örnatiş;
- yöllarda maxsus yuk tarozilarini örnatiş va ular faoliyatini inson omilini minimallaştirgan holda yölga qöyiş;
- meʼyordan ortiq yuk bilan harakatlanayotgan yuk avtotransportlari uçun jarima çoralarini (agar yöq bölsa) qatʼiylaştiriş zarur böladi.
Avvalroq Rasul Kuşerbayev amaldor maşinasi «tonirovka» qilingan bölsa, u xalq haqqiga xiyonat qilayotgan bölişi haqida aytgani maʼlum qilingan.









