Internetda kanal oçib reklama joylaştiriş orqali pul topadigan yoki tijoriy faoliyatga yaqin bölmagan usullar bilan daromad oliş orqali özini özi band qilgan şaxslarning qonuniy işlaşi uçun imkoniyat yaratilgan. Bunda yiliga 223 000 söm miqdorida soliq tölaş lozim böladi.
Davlat soliq qömitasi boşqarma boşliği Şuhrat Ismoilov AOKAda ötkazilgan matbuot anjumanida internet kanallari orqali özini özi band qilgan fuqarolarning qonuniy faoliyat yuritişi uçun yaratilgan imkoniyat xaqida maʼlumot berdi.
«Bizda internet orqali tadbirkorlikka kömaklaşiş yoki bölmasa frilanser faoliyat turlari bor. Agarda frilanser internet orqali savdo faoliyatidan taşqari boşqa biror-bir tijoriy xizmatlarni amalga oşiradigan bölsa, u uçun 67 ta faoliyat turi belgilab qöyilgan.
Öşa faoliyat turlarini tanlagan holda bazaviy hisoblaş miqdorining 50 foizi yaʼni 111 ming 500 söm miqdorida ijtimoiy soliqni tölaşi mumkin. Bu tölov miqdori 2020 yil uçun belgilangan.
2021 yildan boşlab esa BHMning 1 baravari miqdorida tölanişi soliq siyosati kontseptsiyasida belgilangan va bu yaqin kunlarda qabul qilinadi», —dedi u.
Maʼlumot uçun, özini özi band qilgan şaxslar röyxatida quyidagi kasb egalari ham ijtimoiy soliq tölaş orqali (yiliga 223 ming söm) öz faoliyatini erkin va oçiq olib borişi mumkinligi, şuningdek pensiya va staj hisoblanişi taʼkidlangan.
Matnni yaratiş va işlov beriş (kopirayter, rerayter, SEO-kopirayter, SEO-rerayter, musahhih, kontent-menejer, muharrir, ye-mail orqali xatlarni jönatiş böyiça mutaxassis, spiçrayter, transkriber va boşqalar.
Mulʼtimedia, dizayn va sanʼat materiallarini yaratiş va işlov beriş (veb-dizayner, grafika dizayneri, kompyuter öyinlari dizayneri, interer dizayneri, landşaft dizayneri, liboslar dizayneri, retuşer, fotokollajçi, vektor grafikasi muharriri, arxitektor, vizuallaştiruvçi dizayner, maʼlumot dizayneri, interfeys dizayneri, texnik dizayner, mouşn-dizayner, banner yasovçi, naşriyot dizayneri, fleşer, 3D-dizayner, video muharrir, videooperator, bastakor, ovoz rejissyori, aranjirovkaçi, suxandon, foto muharrir va boşqalar).
Dasturiy taʼminot, axborot tizimlari, mobil ilovalar va veb-saytlarni işlab çiqiş va texnik qöllab-quvvatlaş (dasturçi, dasturiy taʼminotni sinovçi mutaxassis, veb-sahifalarni sahifalovçi, veb-tahlilçi, veb-saytlarni optimizatsiyalaş böyiça mutaxassis).
Tarjima qiliş xizmatlari (badiiy adabiyotni tarjima qiliş, texnik tarjima, veb-saytlar, filmlar, kompyuter va mobil ilovalar, taqdimotlar, video, audio va reklamalar tarjimasi).
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat (PR-menedjer, internet-marketolog, ijtimoiy tarmoqlarda tovarlar (işlar, xizmatlar) uni ilgari suriş va reklama qiliş (SMM), ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori, akkaunt-menejer, marketolog, link-menejer, targetolog, kontekst-reklama böyiça mutaxassis, direktolog, media rejalaştiruvçi, SMO mutaxassisi).
Qömita raisi örinbosari Fazliddin Umarovning aytişiça, soliqlarni muntazam tölab borgan frilanserlarga bir qator imtiyozlar beriladi.
«Birinçidan, bu bugungi kunda özini özi band qilib yurganlarni qonuniy işlaşi uçun şaroitdir.
Ikkinçidan, mobil ilova orqali tekin röyxatdan ötganidan keyin ularga «staj» ketiş imkoniyati paydo böldi.
Uçinçidan, özi ixtiyoriy ravişda pensiya jamğarmasiga tölovni amalga oşirsa, nafaqaga çiqişida albatta inobatga oliş mexanizmi joriy qilindi.
Agar röyxatdan ötmasdan yillar davomida özini özi band qilgan holda tirikçiligini qilib yursayu heç qayerda röyxatga olinmasa, bilamizki, pensiya yoşiga borganda pensiyaga çiqiş imkoniyati bölmaydi.
Ular qarilik nafaqasini oladi. Yaʼni bugun erkak kişi uçun 60 yoş pensiya nafaqasi uçun belgilangan bölsa, 65 yoşda ham ular byudjetdan heç qanaqa pul ola olmaydi.
Özini özi band qilgan fuqaro 60 yoşda nafaqaga çiqişni xohlasa, röyxatdan ötib ixtiyoriy ravişda yilda bir marotaba soliq tölovini amalga oşirişi kerak böladi. Va bu avtomat ravişda bazada qoladi va nafaqaga çiqişda heç qanaqa ortiqça hujjat talab qilinmasdan turib faqat bazani özi hisob-kitob qilib beradi», — dedi qömita rasmiysi.
Telegram kanal egalari soliq tölab, qonuniy faoliyat yuritişi mumkin









