Prezident Şavkat Mirziyoyev Farğona viloyatidagi faollar bilan uçraşuvda nozik masalaga töxtalib ötdi.
«Bir gapni yana bir bor taʼkidlayman — Özbekiston uçun köp millatli xalq manfaatlari birinçi örinda, heç kim bizga aql örgata olmaydi. Bizning öz tanlagan yölimiz bor. Bu yölda biz faqat va faqat Vatanimiz Özbekiston manfaatlarini közlaymiz», degan davlat rahbari.
Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev ayni paytda Farğona viloyatida taşrif bilan bölib turibdi.









