Sönggi yillarda Toşkent hokimligi tomonidan velosiped yölakçalari jadal qurilmoqda. Yaqin oragaça ikki ğildirakli ekologik transportni afzal körgan 40 ming nafar toşkenliklar uçun nihoyat şaroit yaratilar ekan, deb umid qildik. Biroq, umidlar uzoqqa bormadi.
Bugungi kun holatida önlab kilometr velosiped yölakçalari qurilgan, bu uçun yirik miqdordagi mablağ ham sarflangan. Ammo, velojamiyat vakillarining aytişiça, bu yölakçlardan tölaqonli foydalanişning imkoni mutlaqo yöq. Bu soha muxlislarining sözlariga köra, biroz tanaffus olib, veloinfratuzilma isteʼmolçilarining fikriça quloq soliş kerakdir. Ming afsuski, şahar hokimligi qizil yölaklar sonini oşirmoqda, bu uçun millirdlab mablağ sarflanmoqda, foydalanişga topşirilgan yölakçalar haqida baralla aytilmoqda.REKLAMA
Tösiqli marafon
Toşkentdagi velosiped yölakçalarining asosiy muammosi şundaki, ular uylamay qurilgan. Aksariyat yölakçalar zinapoyalardan boşlanib, devorlarga borib taqaladi. Ayrimlari esa negadir yer osti ötiş joylariga olib boradi. Qolaversa, şunday yölakçalar borki, köpriklar ostida tugab, uning ustiga çiqişni nazarda tutmagan. Poytaxt aholisini ikki ğildirakli transportga ötqiziş böyiça ulkan rejalarni qurayotgan hokimlik tomonidan bu kabi holatlar odamlarni mazxara qilişdan boşqa narsa emas.
“Bu boradagi işlar boşidan notöğri taşkil kilingan. Foydalanişga topşirilganlarning aksariyati hattoki milliy meʼyorlarga mos kelmaydi. Velosipedçilar xalqaro standartlarga muvofiq qurilgan yölakçalardan yurişni istaşadi. Amir Temur köçasidagi yölakçadan taşqari birortasi foydalanişga yaroqli emas”, - deya taʼkidlamoqda velojamiyat vakili Bobur Sirojev.
Haqiqatan ham, qizil yölakçalar tösiqli marafonga öxşaydi, velosipedçi va uning transport vositasi bu yölaklardan omon çiqişi amrimahol. Ularning örtasida “qad rostlagan” betonli gultuvaklar, savdo dökonlari, maşinalar, novalar, çiqib turgan armaturalar va tok simlari mutlaqo harakatlanişga imkon qodirmaydi.
Piyodalar ham velosipedçilar yölidagi tösiqqa aylanib qolişmoqda, çunki velosiped yölaklari köp hollarda trotuarlar ustiga qurilgan bölib, joyning katta qismini piyodalardan “tortib olgan”. Yölakning qizil rangi yölni şartli ravişda piyodalar va velosipedçilar hududiga böladi: amalda esa piyodalar yölning notöğri tomonidan yurayotgani haqida öylaşmaydi ham.
"Velosipedning örtaça tezligi soatiga 18-22 kilometrni taşkil qiladi. Piyodalar yonidan şunday tezlikda harakatlanib, biz ularga xavf tuğdiramiz. Velosipedçi ularni urib ketişi, özi ham jarohatlanişi mumkin", - deydi şaharda har kuni velosipeddan foydalanadigan jurnalist Sabina Baqoyeva.
Qanday xoxlasam, şunday quraman
Velosiped yölakçalarini qurişdagi tartibsizlikning sabablaridan biri - velosiped infratuzilmasi standartlari hamda loyihaçilar uçun uslubiy qöllanmalarning yöqligidir, deya qayd etmoqda Bobur Sirojev. Masalan Germaniyada, velosiped yöllari yuqori tezlikda haydaş imkoniyatini beruvçi, sayr qiliş va şahar uçun möljallanganlarga tasniflanadi. Har bir bunday yölak uçun öz standartlari mavjud, xususan, buriliş radiusi va kengligi turliça böladi.
Bizda ham milliy standartlar işlab çiqilişi zarur. Bu öta muhimdir, zero aynan şahar muhiti kişining yöldagi hatti-harakatini belgilab beradi. Taʼlim va harakatlaniş madaniyatini şakllantiriş uçun qança pul sarflanmasin, agarda şahar muhiti tartibga solinmagan bölsa, inson oxir-oqibat şunga moslaşadi va ayni paytdagi qoidalar asosida harakatlanişni davom ettiraveradi. Standartlar işlab çiqiladigan bölsa, loyihaçilar xato qilmaydi, velosiped yölakçalarining qulay va töğri geometriyasi şakllanadi”,- dedi Sirojev.
Quriliş jarayoni ustidan jamoatçilik nazoratini örnatiş ham muhim ahamiyatga ega. Natijada loyiha oxirigaça yetkazilib, quruvçilar belgilangan yönalişdan çetga çiqişmaydi. Sirojevning fikriça, meʼyorlar ustidan nazorat qiliş vazifasini manfaatdor nodavlat taşkilotlariga topşiriş mumkin.
Hokimlik yölni bermoqçi emas
Velojamiyat vakillari tomonidan yana bir muhim jihat taʼkidlanmoqda. Ularning aytişiça, toki hokimlik va pudratçi taşkilotlar işga avtomobil transportiga qulaylik yaratiş nuqtai nazaridan yondaşib, bir tomonlama loyihalaşni davom ettirar ekan, bu sohada özgariş bölmaydi.
Şunisi qiziqqi, dastavval masʼul idoralar veloinfratuzilmani quriş va rivojlantiriş borasida velojamiyat vakillari bilan maslahatlaşib turişgan, bu kabi muloqotlar jarayonida yölakçalardagi kamçiliklar haqida bir neça bor aytilgan. Biroq, körinib turibdiki, bu muloqotlar besamar keçgan ekan. Umuman talabga javob bermaydigan yölakçalar aynan poytaxt hokimligining yonginasidan ötganligi bu fikrning yorqin dalilidir.
"2019 yilda Toşkent hokimligi nemis mutaxassislarini taklif qilgan. Ulardan maslahat söraşgan, lekin berilgan takliflar inobatga olinmagan. Joriy yilning boşida Transport boşqarmasi velosiped infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça takliflar taqdim etişni söradi. Takliflar tuşganiga aminman, ammo velosiped yöllari baribir şunday qurilmoqdaki, ulardan foydalanişning iloji yöq", - dedi Sabina Baqoyeva.
Bobur Sirojevning aytişiça, infratuzilmani rivojlantiriş böyiça velojamiyat aʼzolarining istak-xoxişini heç kim eʼtiborga olmaydi.
“Biz mazkur masalani şahar hokimligida ham, Transport boşqarmasida ham muhokama kildik. Biroq, har safar xalqaro tajribaga asoslangan takliflar bersakda, ular inobatga olinmaydi va eskiçasiga iş olib borilaveradi. Yaʼni, “biz muhokama qildik va men qaror qildim” tamoyili asosida iş tutiladi. Biz doimo munozaralarga tayyormiz, lekin bu jarayon şaffof va oçiq bölişini istaymiz”, -deya yakunladi u.









