Korzinka.uz supermarketlar tarmoği asosçisi va rahbari Zafar Hoşimov IIV YHXBB bilan suhbatda jarimalar miqdorining tuşişi qoidabuzarliklarning köpayişiga olib kelişini maʼlum qildi.
«Rivojlangan mamlakatlarda tartib-intizomni qarasangiz, masalan, kun böyi yöllarda maşina haydab bunçalik xavf-xatar sezmaysiz. Biz ham yurtimizda rivojlangan mamlakatlardagi kabi tartib-intizom bölişini, har safar biror sahifa oçganda yöl-transport hodisasi böldi deganda yuragimizni hovuçlamaslikni xohlaymiz. Hammaning madaniyati öşanga yetguniça haydaymiz, deydigan bölsak, balki u yerlarda ham qoidabuzarliklar köp bölgan bölarmidi?
Lekin jarimalar oğir. Öylaymanki, odamzodni baribir tartibga soladigan narsa — bu jarima. Jarima — qoidabuzarliklarga qarşi eng yaxşi qurol. Bu jarima soliq emas, u hammaga qöyilmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda köramanki, hamma buni xalqqa qarşi çoradek talqin qilişadi. Yöq, bu jarimalar xalqni öşa qoidabuzarlardan himoya qiliş quroli… Jarimalar katta deymiz, qoidani buzmang. Jarimani pasaytiriş, huquqbuzarlikni kötariş degani, xuddi bozordagi talab va taklif kabi. Masalan, biror mahsulot narxi oşsa, odamlar kamroq isteʼmol qiladi, tuşsa, köproq. Jarima arzonlaşsa, demak, huquqbuzarlikni köproq isteʼmol qilamiz», — deydi Zafar Hoşimov.
Avvalroq Andijonda 2021 yilning ötgan 6 oyida sodir bölgan YTHlar oqibatida 49 kişi, Jizzaxda ötgan yetti oy içida sodir bölgan YTHlar oqibatida 74 kişi, Farğonada ötgan yetti oy içida velosipedçilar bilan sodir bölgan YTHlar oqibatida 29 kişi vafot etgani töğrisida xabar berilgandi.









